Namanganda avtomobillarni noqonuniy ravişda davlat röyxatidan ötkazib kelgan jinoiy guruh aniqlangan. Ular bu faoliyatni butun vodiy viloyatlari böyiça amalga oşirib kelgan. Jinoiy guruhning ayrim a’zolari hozirda qamoqqa olingan va iş respublika darajasida tergov qilinmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Bir-biridan mustaqil ikki manbaning aytişiça, jinoyat işi kölami juda katta, fuqarolar va davlatga milliardlab sömlik zarar yetkazilgan. Uşbu jinoyatni sodir qilişda gumonlanib qamoqqa olingan şaxslar orasida YHXB xodimlari ham bor. Jumladan, ulardan biri Namangan viloyati IIB YHXBda işlagani va bir vaqtning özida viloyat içki işlar tizimidagi yuqori lavozimda işlovçi mansabdorga haydovçilik qilgani aytilmoqda.
Noqonuniy ravişda davlat röyxatidan ötkazilgan transport vositalari soni vodiy böyiça bir neça yuzni taşkil qiladi. Gumonlanuvçilar auksion savdolariga çiqarilişi kerak bölgan transport vositalarini, çet ellardan, jumladan, Qirğizistondan olib kelingan maşinalarni “rastamojka”siz davlat röyxatidan ötkazib yuborgan. Ya’ni Özbekistonda röyxatga olinmagan transport vositalariga davlat raqami hamda “texpasport” töğrilab berişgan.
Tergov doirasida şubhali maşinalar ekspertiza uçun egalaridan olib qöyilgan. Fuqarolar qariyb yarim yil oldin olib ketilgan maşinalari hamon qaytarilmayotganini aytişmoqda. Kun.uz şunday fuqarolardan biri bilan suhbatlaşdi. Uning Lacetti maşinasi “kuzov raqami almaşgani” uçun 6 oy oldin ekspertizaga olib ketilgan.
“Qarz kötarib, 16 ming AQŞ dollariga sotib olgandim. Oldi-sotdi jarayonida hammasi qonuniy bölgan: “MRO” tekşirgan, notarius tasdiqlagan. Kuzov raqami almaşgan ekan, ekspertiza qilamiz deya olib ketişganiga 6 oydan ötyapti. Töğrisi, tirikçiligim şu maşina ortidan, uni kira qilaman deb olgandim. Endi uşbu holatdan qarzga kiryapman. Men maşinani hamqişloğimdan sotib olganman, u esa öşa jinoyatda gumonlanayotganlardan olgan. Ular hozir qamoqda, tergov ketyapti”, deydi u.
Fuqaroning qöşimça qilişiça, transport vositasi tergov doirasida olib ketilganlar ança köp.
Gumonlanuvçilar soni va ularga Jinoyat kodeksining qaysi moddasi bilan ayblov qöyilayotgani hozirça aniq emas.
















