Qariyb 1 mlrd sömni özlaştirgan MIBning Yunusobod tumani bölimi xodimi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Sud hujjatida keltirilişiça, 1992 yilda tuğilgan M.B. 2022 yil 2 dekabrdan 2023 yil 21 iyulga qadar MIBning Şayxontohur tumani bölimi depozit böyiça mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan. U 2023 yil mart oyida ijro hujjati böyiça qarzdorning ortiqça tölangan 46 mln söm pulini egasiga qaytarmasdan jiyanining plastik kartasiga ötkazib olgan.
Bundan taşqari, M.B. 2023 yil 21 iyuldan 27 dekabrga qadar MIBning Yunusobod tumani bölimi depozit böyiça mutaxassisi lavozimida işlagan. U bu yerda ham qisqa muddatda katta miqdordagi pul mablağini özlaştirgan. Ya’ni M.B. jiyani va boşqalar bilan til biriktirib, bölim iş yurituvida ijro hujjatlari mavjud bölmagan 13 nafar fuqaroning plastik kartasiga depozit hisobraqamdagi qoldiq mablağ hisobidan jami 932 mln 986 ming söm pul mablağini ötkazib olgan. Söngra esa uşbu pullarni onlayn qimorga tikib, yutqazib qöygan.
M.B. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan hamda bu işlardan MIBning Yunusobod tumani bölimi boşliği X.T. xabardor bölganini aytgan.
“46 mln söm pulni byuroning Şayxontohur tuman bölimiga 2023 yil dekabr oyida töliq qaytarganman. Byuroning Yunusobod tumani bölimida işlagan davrimda jiyanim, uning singlisi va boşqa fuqarolarning plastik kartalariga MIB Yunusobod tumani depozit hisobraqamlaridan pul ötkazdim. Uşbu pullardan 200 mln sömini örtamizdagi kelişuvga asosan 2023 yil oktyabr oyida bölim boşliği X.T.ga berdim. Qolgan qismini esa elektron qimor öyinlariga sarflab yubordim.
Depozit hisobraqamidagi pullar bölimda ijro işi mavjud bölmagan 13 nafar fuqaroning plastik kartalariga ötkazgani holatidan faqat X.T.ning xabari bor edi. Bölim boşliği uşbu pullarni olmaganida men depozit hisobraqamidan pullarni ötkaza olmasdim. Çunki asosiy kalit bölim boşliği X.T.da bölgan. Boşqa xodimlarga bu kalitni foydalaniş uçun berişi yoki uning kodini aytişi mumkin emasdi”, degan M.B. öz körsatmasida.
Sudda guvoh sifatida söralgan X.T. bu ayblovni rad qilgan.
“2023 yil 4 sentabrdan 2024 yil 2 fevralgaça byuroning Yunusobod tumani bölimi boşliği lavozimida işlaganman. Bölim depozit hisobraqamlaridagi pul mablağlarining maqsadli sarflanişi yuzasidan byuroning Toşkent şahar boşqarmasi hujjatli tekşirişlar bölimi tomonidan örganiş ötkazildi.












