Janubiy Koreya KXDR tomonidan bölayotgan muntazam yadroviy va raketa tahdidlari fonida yetti yil içida ilk bor uzoq masofaga möljallangan Taurus qanotli raketalari iştirokida jangovar öquv maşğulotini ötkazdi, deb xabar beradi Yonhap agentligi.

Ta’kidlanişiça, Taurus raketalari 8 va 10 oktyabr kunlari F-15K qiruvçi samolyotlari yordamida uçirilgan. Ma’lumotlarga köra, raketalar 400 kilometr masofani bosib ötgan va Sariq dengizdagi nişonlarni muvaffaqiyatli işğol etgan.

Janubiy Koreya oxirgi marta Taurus raketalarini 2017 yilda, KXDR tomonidan ötkazilgan oltinçi yadroviy sinovlarga javoban amalga oşirgandi.

Qayd etilişiça, bu turdagi qanotli raketalar uçirilganida parvoz tezligi soatiga 1163 kilometrga yetadi. U Seul yaqinidagi hududdan Şimoliy Koreyadagi har qanday muhim obektga uç metr aniqlikda 15 daqiqa içida yetib boradi.

Avvalroq Janubiy Koreya KXDR yadroviy jangovar kallaklarni işlab çiqarişga yetarli plutoniy va uranga ega ekanini ma’lum qilgandi. Şu bilan birga mamlakat razvedkasining ta’kidlaşiça, Şimoliy Koreya yettinçi yadroviy sinovini 5 noyabrda — AQŞdagi prezidentlik saylovlaridan keyin ötkazişi mumkin.

Bir neça kun oldin esa KXDR Janubiy Koreyaga olib boruvçi barça avtomobil va temiryöllarni yopişi töğrisida xabar berilgandi. Şimoliy Koreya hukumatining bu kabi harakati ramziy xarakterga ega, çunki KXDRdan Janubiy Koreyaga eltadigan yöllardan şundoq ham kamdan kam hollarda foydalaniladi.