Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi beşinçi marta tarixdagi eng oğir Starship raketasini uçirdi. Sinov davomida kompaniya ilk bor Super Heavy — raketaning köp martalik birinçi poğonasi prototipini start maydonçasiga qaytardi. Translatsiya SpaceX’ning X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi orqali amalga oşirildi.

Starship raketasi Texasdagi Boka-Çika kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 07:25 da uçirilgan. Super Heavy köp martalik poğonasi 74 kilometr balandlikda ajralgan, keyin esa start majmuasiga qaytgan. Uni SpaceX tomonidan şu kabi manyovrlar uçun maxsus yaratilgan Mechazilla minorasi tutib qolgan.

Starship havo kemasining prototipi Yer atrofida bir soatlik aylanişni amalga oşirgandan keyin orbitadan çiqib, Hind okeaniga qulaşi kutilmoqda.

Starship loyihasi ommaga 2019 yilda namoyiş etilgan. Starship hozirgaça qurilgan eng qudratli va eng baland kosmik kema bölib, 150 tonnagaça yukni kötarişga qodir. Raketa tizimi ikki qismdan iborat: 33 dvigatelli Super Heavy raketasi va Starship kemasi. Starship Yer orbitasidan taşqariga, Oy va Marsga uçiş uçun möljallangan.

Hozirga qadar Starship tört marotaba uçirilgan, ammo sinovlarning faqat ikkitasi — 2024 yil mart va iyundagisi muvaffaqiyatli yakunlangan.