9 avgustdan beri qayiqda suzib yurgan erkak 14 oktyabr kuni Kamçatka qirğoqlarida qutqarildi. Qayiqni mahalliy baliqçilar tasodifan payqab qoldi, deb yozmoqda “Kamçatka Life”. Bu vaqt davomida 50 kilogrammga ozib ketgan erkakni darhol şifoxonaga olib ketişgan. Qayiqda yana ikki kişining jasadi bor edi — katta yoşli erkak va ösmir yigit.

Ularga nima bölgan?

Dastlab ikki erkak va ulardan birining öğli bölgan 15 yoşli ösmir 4 avgust kuni kitlarni köriş uçun Şantar orollariga dengizga çiqqan, deb ta’kidlaydi Baza. Ular 9 avgust kuni “Baykat 470” rusumli katamaran tipidagi qayiqda ortga qaytişni boşlagan. Uzoq Şarq transport prokuraturasi ma’lumotlariga köra, sayohatçilar Xabarovsk ölkasida joylaşgan Perovskiy burnidan yölga çiqib, Saxalin viloyatidagi Oxa şahriga yetib kelişi kerak edi.

Ular özlari bilan issiq kiyimlar, qutqaruv jiletlari va falşfeyerlar (signal beruvçi pirotexnika) olib ketgandi. Bundan taşqari, 20 litr suv va oziq-ovqat zaxirasini ham ğamlab olişgan. Ammo kutilmaganda qayiq bilan aloqa uzilib qoldi, sayohatçilarning özlari belgilangan joyga vaqtida yetib kelmadi.

Qayiq qanday topildi?

Oktyabr oyining boşlarida bedarak yöqolganlarning qarindoşlari ularni qidiriş uçun Saxalinga keldi. Ular ijaraga qayiq olib, Amur limani qirğoqlarini közdan keçirişdi. Qidiruvlar natija bermadi.

14 oktyabrga kelibgina qayiq Kamçatka ölkasining Ust-Xayryuzovo qişloği yaqinidan topildi. Supertraulerlardan birining ekipaji qayiqni radarda körib, uni suzib yurgan çiqindi deb öylagan.

Ikki kişi — erkak va ösmir halok bölgan. Marhum erkakning akasi, ösmirning amakisi bölgan 46 yoşli Mixail Piçugin esa tirik qolgan. U dengiz safari davomida 50 kilogramm vazn yöqotdi, hozirda ahvoli oğir. Piçugin öz qarindoşlarining jasadlarini saqlab qolişga muvaffaq bölgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, safarda qayiqning dvigateli şikastlangan. Holat yuzasidan suv transporti harakati va undan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş, ehtiyotsizlik oqibatida ikki va undan ortiq şaxsning ölimiga sabab böliş moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi, deb xabar berdi Uzoq Şarq transport prokuraturasi.