Apple yangi iPad mini’ni taqdim etdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi. Apple bu planşetining oxirgi versiyasini 2021 yilda çiqargandi.
Uning taşqi körinişida özgariş yöq, faqat ikkita yangi rang varianti paydo böldi: binafşa va kök.
Yangi iPad 2023 yilda taqdim etilgan iPhone 15 Pro modellarida işlatiladigan A17 Pro protsessoriga ega. Şuningdek, qurilma Pencil Pro stilusini qöllab-quvvatlaydi.

Qurilmadagi yangiliklardan biri Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyalarini qöllab-quvvatlaş böldi, biroq iPadOS tizimida bu funksiyalar hozirça işga tuşirilmagan.
Yangi iPad mini’ga oldindan buyurtma beriş narxi 128 GB xotirali versiya uçun 499 dollardan boşlanadi. Planşet 23 oktyabrdan sotuvga çiqariladi.

Avvalroq Bloomberg insayderi Mark Gurman Apple ikkita mutlaqo yangi qurilmani tayyorlayotganini aytgandi: aqlli közoynaklar hamda kameralar örnatilgan birinçi AirPods quloqçinlari. Tahlilçining fikriça, kompaniya qurilmalarni 2027 yilgaça taqdim etişi mumkin.
Bundan taşqari Gurman Apple yangi qurilmalarni har yili çiqarişni töxtatmoqçiligini taxmin qilgan.
















