Rossiyaning Kamçatka ölkasida 2025 yildan boşlab 15 ta yönalişda çet el fuqarolarining işlaşi taqiqlanadi. Tegişli farmonni hudud gubernatori Vladimir Solodov 15 oktyabr kuni imzoladi.
Çeklovlar sayyohlik agentliklari, kutubxona va arxivlar, xavfsizlik va ta’lim muassasalari faoliyatiga tatbiq etiladi. Çet el fuqarolarining taksi va ijaraga olingan avtomobillarda işlaşiga taqiq ham amalda böladi.
Qayd etilişiça, bu taqiq faqat patent böyiça işlaydigan xorijlik işçilarga tegişli. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOOI) mamlakatlari – Qirğiziston, Qozoğiston, Armaniston va Belarus fuqarolari ölkada işlaşda davom etişi mumkin.
Kamçatka ölkasida patent böyiça işlaydigan çet ellik işçilar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun bir qator çeklovlar ilgari ham amal qilgan. Oxirgilardan biri, 2024 yil iyul oyida çet el fuqarolarining taksida işlaşiga çeklov kiritilgan edi.
Eslatib ötamiz, 22 mart kuni Tojikiston fuqarolari ayblangan «Krokus Siti Xoll»dagi teraktdan söng öndan ortiq hududlar, jumladan Novosibirsk, Samara, Tula, Magadan va Çelyabinsk oblastlarida köplab sohalarda xorijlik fuqarolar mehnati taqiqlangan edi.
Rossiyaning ayrim hududlarida migrantlarni taqiqlangan kasblarga işga olganlik uçun katta miqdorda jarimalar joriy qilingan. Yuridik şaxslar million rublgaça, mansabdor şaxslar 50 ming rublgaça, migrantni yollagan jismoniy şaxslar esa 4 ming rublgaça jarimaga tortilişi mumkin.

















