17 oktyabr kuni Içki işlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari Toşkent şahar xalqaro aeroportida yana 4 nafar voyaga yetmagan Özbekiston fuqarosini kutib olişdi, deya xabar qilmoqda agentlik.

Ular Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi Moskva şahri boş boşqarmasining Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtinça saqlaş markazi xodimlari tomonidan «MDH iştirokçi davlatlarining voyaga yetmaganlarni doimiy yaşaş joyiga qaytariş masalalarida hamkorlik töğrisidagi bitim» doirasida vataniga qaytarilgan.

Agentlik xabar qilişiça, 2024 yilda jami 100 nafar yurtimizning voyaga yetmagan fuqarosi qaytarilib, ota-onalari yoki yaqin qarindoşlari qaramoğiga topşirilgan.

Oktyabrda xorijda qarovsiz qolgan 11 bola Özbekistonga olib kelindi

15 oktyabr kuni Içki işlar vazirligi xodimlari kömagida Özbekistonga xorijda ota-ona qaramoğisiz qolgan 3 nafar bola olib kelindi.

Ulardan bir nafari Rossiyadan, qolgan ikki nafari esa Xitoy hududidan keltirildi.

Agentlik voyaga yetmaganlarning oilalari va Özbekistondagi yaqin qarindoşlarini örganib, ularning oğir turmuş şaroitida qoldirilganini baholamoqda.

Keyinçalik ularga bolaning ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda psixologik yordam, huquqiy maslahatlar, öqişga joylaştiriş va boşqa xizmatlarni öz içiga olgan kompleks ijtimoiy xizmatlar körsatiladi. 

Ta’kidlanişiça, oktyabr oyi boşidan xorijda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan 11 nafar bola mamlakatga qaytarilgan.