Boeinğdan va Airbus’gaça: Dunyoning eng yirik aviasozlik kompaniyalari
|18:29 / 19.10.202411 80610 min
Har yili dunyoda bir neça ming dona turli rusum va kattalikdagi yölovçi taşuvçi samolyotlar işlab çiqariladi. Ularning aksariyatini ikkita kompaniya - Boeing va Airbus tayyorlab bermoqda. Kiçik ölçamdagi şaxsiy samolyotlar esa köproq Bombardier va Embraer kompaniyalarida işlab çiqariladi.
Foto: bombardier.comFoto: bombardier.com
Bugun dunyoda yölovçi taşuvçi samolyotlar işlab çiqariş sohasida ikkita kompaniya yetakçilik qilmoqda. Bular – AQŞning Boeing va Yevropaning bir neça davlati hamkorlikda taşkil etgan Airbus kompaniyalari.
Bu ikki kompaniya ötgan asrning ikkinçi yarmidan boşlab gegemonlikni örnatgan va öşandan buyon dunyoning aksariyat aviakompaniyalari Boeing va Airbus samolyotlaridan foydalanib kelmoqda.
Uşbu materialda dunyoning eng yirik yölovçi taşuvçi samolyotlarini işlab çiqaruvçi kompaniyalari haqida söz yuritamiz.
Airbus
1960-yillarda dunyoda yölovçi samolyotlarini işlab çiqarişda AQŞning Boeing, McDonnell Douglas va Lockheed kompaniyalari gegemon edi.
SSSRda ham köplab samolyotlar işlab çiqarilgan, biroq ularning asosiy qismi Aeroflot uçun berilar, xorijga kam miqdorda sotilardi. Şu sababli dunyoning juda köplab davlatlari samolyotlarni asosan amerikaliklardan olişardi.
A-300 samolyoti \ Foto: Shutterstock
Ana şunday şaroitda 1970 yilda yevropaliklar samolyot işlab çiqaruvçi konsorsium taşkil etişadi. Uning dastlabki ta’sisçilari Fransiyaning Aerospatiale, Germaniyaning Deutsche Airbus (keyinçalik nomi Daimler-Benz Aerospace deb özgartirilgan) edi.
1971 yilda konsorsium tarkibiga 4 foizlik uluş bilan Ispaniyaning Construcciones Aeronauticas S.A. (CASA) kompaniyasi, 1979 yilda 20 foizlik uluş bilan Britaniyaning Hawker Siddeley kompaniyalari ham qöşiladi.
Konsorsiumning birinçi samolyoti – A300 ilk bor 1972 yilda parvoz qiladi. Uning fyuzelyaj qismi Germaniyada, dum qismi Ispaniyada, qanotlari Britaniyada tayyorlanadi.
Dastlabki samolyotlarga Britaniyaning Rolls-Royce plc kompaniyasida işlab çiqarilgan dvigatellarni örnatiş reja qilinadi. Biroq buyurtmalar köpligi uçun Rolls-Royce plc dvigatellar yetkazib berişni keçiktiradi.
Şundan söng A300ga General Electric kompaniyasida tayyorlangan dvigatellar örnatiladi. Kompaniya ikki yil içida A300 samolyotlaridan juda köp buyurtma oladi.
A-320 \ Foto: stock.adobe.com
Mavzuga oid
Keyinçalik, 1978 yilda A310, 1984 yilda A320, 1990-yillar boşlarida A330 va A340 samolyotlari işlab çiqariladi.
Şuningdek, konsorsium tomonidan A318, A319, A321, A350 va A380 samolyotlari işlab çiqarilgan. Bulardan A330, A340, A350 va A380 keng fyuzelyajli samolyotlar hisoblanadi.
1980-yillarda konsorsium Boingdan söng dunyoning samolyot işlab çiqaruvçi ikkinçi yirik kompaniyasiga aylanadi. Sönggi yillarda konsorsium Boing bilan birgalikda dunyoning samolyot işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniyalari bölib turibdi.
1990-yillarda konsorsium nomi European Aeronautic Defence and Space Company NV deb özgartiriladi. 2015 yilda esa u Airbus Group korporatsiyasiga aylanadi.
A-380
Bugungi kunda Airbus Group korxonalarida qariyb 100 ming odam mehnat qilmoqda. Korporatsiya sönggi yillarda har yili örtaça 250-300 dona samolyot işlab çiqarmoqda.
Boeing
Boeing kompaniyasi 1916 yilda Uilyam Boing tomonidan taşkil etilgan. Kompaniya taşkil etilganda nomi boşqa bölgan. 1917 yilda u Boeing Airplane Company nomini oladi.
Ilk samolyoti Boeing Model 1 deb atalgan va uning sinov parvozini sinovçi uçuvçi keçikkani uçun Uilyam Boingning özi ötkazgan.
Boing-247
Kompaniyaning texnik jihatdan ilk mukammal samolyoti 1933 yilda işlab çiqarilgan Boeing 247 edi. Ikkinçi jahon uruşi paytida kompaniya köproq harbiy samolyotlar tayyorlaydi.
Ikkinçi jahon uruşidan keyin kompaniya asosiy urğuni harbiy samolyotlar yasaşga qaratadi va yölovçi samolyotlarni tayyorlaşda raqobatçilardan ortda qoladi.
Köp ötmay rahbariyat xatoga yöl qöyayotganini anglaydi va 1954 yilda zamonaviy Boeing 367-80 samolyoti tayyorlanadi.
1957 yilda Boeing 707, 1963 yilda Boeing 727, 1964 yilda Boeing 737 samolyotlari işlab çiqariladi. 1961 yilda kompaniya nomi The Boeing Company deb özgartiriladi.
Boing-707
1966 yilda kompaniya fuqaro aviatsiyasi tarixida birinçi bölib keng fyuzelyajli va ikki qavatli Boeing 747 samolyotini tayyorlaydi.
Keyinçalik, Boeing 757, Boeing 777 samolyotlari yasab çiqiladi. Aynan Boeing 777 töxtamasdan 21 600 km masofani uçib ötgan va yölovçi samolyotlari orasida rekord örnatgan. Hanuzgaça boşqa yölovçi samolyotlari bu rekordni yangilay olişmadi.
Boing-747
1990-yillar boşlarida kompaniya korxonalarida 150 mingdan oşiq odam işlardi. Öşanda dunyo avtosanoatida, şu jumladan Boeing kompaniyasida ham inqiroz yuz beradi. Kompaniya işçilarning yarmini işdan böşatişga majbur böladi.
Köp ötmay kompaniya özini önglab oladi va 1996 yilda hali inqirozdan çiqa olmay turgan Rockwell International va 1997 yilda McDonnell Douglas kompaniyalari xarid qiladi.
Kompaniya 2004 yildan 2009 yilgaça keng fyuzelyajli Boeing 787 Dreamliner samolyotini tayyorlaydi. Ikkita dvigatel bilan uçuvçi uşbu samolyotdan juda köp buyurtma tuşadi.
Boeing 787 Dreamliner
Kompaniyaning ştab-kvartirasi Virjiniya ştatidagi Arlington şahrida joylaşgan. Uning bozor qiymati 2022 yilda 112 mlrd dollarni taşkil etgan.
Bombardier Aerospace (Kanada)
Bombardier Aerospace (2019 yilgaça nomi Bombardier Aviation) bölgan kompaniyasi 2002 yilda taşkil etilgan. Bu kompaniya asosan kiçik ölçamdagi yölovçi samolyotlar tayyorlaydi.
Kompaniya yölovçi samolyotlar tayyorlaşda ança yillardan buyon Braziliyaning Embraer kompaniyasi bilan raqobatlaşib keladi.
Bombardier Global 8000
Kompaniya avvaliga ikki dvigatelli va tor fyuzelyajli samolyot işlab çiqarişga qaror qiladi. Cseries100 deb nomlangan samolyotni işlab çiqariş çözilib ketadi.
Oxir-oqibat 6 mlrd dollar sarflangan loyiha barbod böladi va kompaniya bankrotlik yoqasiga kelib qoladi.
Şundan söng 2017 yilda Bombardier Aerospace özi loyihalaştirgan Cseries100 samolyotini ramziy 1 dollar evaziga Airbus konserniga sotişga majbur böladi.
Airbus bu samolyotni Airbus A220 nomi bilan işlab çiqaradi. Vikipediya ma’lumotlariga köra 2024 yil 31 martgaça konsern bu samolyotdan 326 dona işlab çiqargan va uni dunyoning turli aviakompaniyalariga sotgan.
Bombardier Global 6000 \ Foto: bombardier.com
Bombardier Aerospace katta samolyotlar işlab çiqarişni eplay olmagaç asosiy e’tiborni kiçik ölçamli samolyotlar, jumladan biznes-jyetlar tayyorlaşga qaratadi.
Kompaniyaning asosiy korxonalari Kvabek provinsiyasidagi Dorval şahrida joylaşgan va ularda 40 ming atrofida xodim işlaydi.
Embraer
Embraer S.A. (töliq nomi Empresa Brasileira de Aeronáutica S.A.) kompaniyasi 1969 yilda taşkil etilgan. U Braziliyadagi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Braziliya juda katta mamlakat. Amazonka daryosi va uning sanoqsiz özanlari tufayli bu davlatning juda köplab hududlariga avtomobil yöllari tortilmagan.
Embraer Phenom 300e \ Foto: skiesmag.com
Şu sababli 1960-yillarda hukumat hududlar örtasida aviaqatnovlarni köpaytiriş uçun mamlakatda aviasozlik korxonasi taşkil etişga qaror qiladi.
Kompaniyaning birinçi samolyoti EMB 110 Bandeirante bölgan. 1970-yillarda kompaniya harbiy samolyotlar işlab çiqarişni ham yölga qöygan.
Köp ötmay kompaniya AQŞning Piper Aircraft kompaniyasi bilan kelişuvga erişadi va uning yengil samolyotlarini ham işlab çiqara boşlaydi. Ma’lumotlarga köra, 1974-2000 yillar oraliğida 2,5 ming dona Piper samolyotlarini tayyorlab sotgan.
1985 yilda turbovintli EMB 120 Brasilia samolyoti tayyorlana boşlanadi. Bu modelga xorijiy davlatlardan ham köp buyurtmalar tuşadi.
1994 yil 7 dekabrda kompaniya xususiy şaxslarga sotiladi. 2010-yillarda kompaniyaning 11,10 foiz aksiyasi Bozano Group, 16,40 foiz aksiyasi Previ – Braziliya pensiya fondi, 7,40 foizi Sistel kompaniyalari, qolgani boşqalar egaligida bölgan.
Embraer 195 \ Foto: shutterstock.com
Kompaniya xitoyliklar bilan hamkorlikda Harbin Embraer qöşma korxonasini taşkil etgan. Bu kompaniya asosan Xitoy bozori uçun yengil samolyotlar işlab çiqaradi.
Kompaniya korxonalarida 20 ming atrofida xodim işlaydi va u har yili örtaça 200-250 dona samolyot işlab çiqarib sotadi.
Xitoy aviatsiya sanoati korporatsiyasi
Xitoy aviatsiya sanoati korporatsiyasi (Aviation Industry Corporation of China – AVIC) aslida yirikligi jihatdan dunyoda birinçi örinda turadi.
Korporatsiya aktivlari salkam 200 mlrd, aylanma mablaği esa qariyb 100 mlrd, yillik sof foydasi 1 mlrd dollarga yetadi. Uning turli korxonalarida 400 mingdan oşiq xodim mehnat qiladi.
Xitoyliklar işlab çiqargan kiçik samolyot. Nepal aviakompaniyasi sotib olgan. \ Foto: nehandaradio.com
Xitoy korporatsiyasining röyxatda birinçi örinni egallay olmasligiga asosiy sabab, bu korporatsiya fuqaro aviatsiya bozorida yetakçi hisoblanmaydi.
Xöş, unda AVIC nima işlab çiqaradi? Gap şundaki, Xitoy korporatsiyasining birgina Xitoyning özida 100 dan oşiq şu’ba korxonasi bor. Ularda asosan Xitoy armiyasi uçun samolyotlar, vertolyotlar va içki bozor uçun kiçik samolyotlar tayyorlanadi.
Bundan taşqari, korporatsiya dunyoning boşqa davlatlarida joylaşgan aviatsiya kompaniyalariga ham egalik qiladi.
Jumladan, AVIC 2010 yilda AQŞdagi aviatsiya dvigatellari işlab çiqaruvçi Continental Motors va 2011 yilda yengil samolyotlar tayyorlovçi Cirrus Aircraft kompaniyalarini sotib oladi.
Xitoyda işlab çiqarilgan AVIC AG600 Jiaolong samolyoti \ Foto: Aviationanalysis.net
2020 yilda AVIC harbiy sanoat kompleksida işlovçi kompaniyalar orasida 6-örinni, harbiy buyurtmalar oliş böyiça Amerika kompaniyalarini hisoblamaganda 1-örinni egallagandi.
Kompaniya işlab çiqarayotgan samolyot va vertolyotlarning asosiy xaridori sönggi yillarda harbiy budjetni keskin oşirayotgan Xitoy hisoblanadi.
Fuqaro aviatsiyasi uçun tayyorlanayotgan samolyotlarni ham asosan Xitoy aviakompaniyalari xarid qiladi. Lekin korporatsiya işlab çiqarayotgan yölovçi samolyotlari unça ommabop emas. Xitoyliklar ulardan asosan içki qatnovlarda foydalanadi.
Yuqoridagi kompaniyalardan taşqari, AQŞning Bell Aircraft, Cessna Aircraft Company, Gulfstream Aerospace Corporation, Sikorsky Aircraft kompaniyalari yengil samolyotlar va vertolyotlar işlab çiqaradi.