21 oktyabr kuni SIBOS-2024 moliyaviy forumi doirasida Kapitalbank va Landesbank Baden-Wüerttemberg örtasida 20 million yevro miqdoridagi moliyalaştiriş şartnomasi tuzildi. Mablağlar bank mijozlarining Yevropaning eksport qiluvçi taşkilotlari bilan savdo operatsiyalarini qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi. Bu kelişuv Özbekiston hamda Yevropa Ittifoqi davlatlari örtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlaydi. Taşqi savdo şartnomalari Avstriyaning Oesterreichische Kontrollbank (OeKB) kafolatlari ostida amalga oşiriladi.

— Taşqi savdo şartnomalarini moliyalaştiriş böyiça kelişuv Özbekiston tadbirkorlarini xalqaro savdoni muvaffaqiyatli va xavfsiz olib boriş uçun juda muhim vositalar bilan ta’minlaydi, — deya ta’kidlaydi Kapitalbank boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Sardor Ismailov. — Yetakçi xalqaro moliya institutlari bilan erişilgan kelişuvlar xalqaro bozorlarda tadbirkor mijozlarimizni qöllab-quvvatlaş strategiyamizning bir qismidir. Biz xalqaro integratsiya yöl oçib beradigan ulkan istiqbolga işonamiz va aminmizki, bu hamkorlik orqali mijozlarimiz eng ilğor jahon tajribasidan foydalaniş hamda jahon bozorida sezilarli ösiş va öz mavqelarini mustahkamlaş imkoniyatiga ega böladi.

Oesterreichische Kontrollbank (OeKB) haqida

LBBW, Landesbank Baden-Wüerttemberg — Germaniyaning xalqaro universal tijorat banki. Germaniyadagi eng yirik önta bankdan biri, hududning eng yirik banki (Landesbank). LBBWʼning asosiy mijozlari Mercedes-Benz, Porsche, BOSCH, Siemens, BOSS, TRUMPF va şu kabi boşqa yirik va taniqli kompaniyalardir.

OeKB haqida

Oesterreichische Kontrollbank (OeKB) Avstriyaning rasmiy eksport-kredit agentligi (ECA) bölib, Avstriyaning eksport qilivçi taşkilotlari va ularning xorijiy mijozlarini qöllab-quvvatlaydi.

SIBOS haqida

SIBOS konferensiya-körgazmasi – pul muomalasi, qimmatli qoğozlar va savdo boşqaruvi masalalari böyiça tajriba almaşiş va jamoaviy qarorlar qabul qiliş böyiça eng yirik bank tadbiri bölib, SWIFT xalqaro banklararo axborot uzatiş va tölov tizimi tomonidan 1978 yildan buyon ötkazib kelinmoqda. Joriy yilda Kapitalbank Özbekiston banklari orasida forumning birinçi bölib rasmiy iştirokçi-eksponentiga aylandi.