Moldovada 20 oktyabr, yakşanba kuni saylovçilarning yarmidan köpi, dastlabki ma’lumotlarga köra, mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş intilişlari böyiça referendumda Yevropa integratsiyasiga qarşi ovoz bergan. Moldova fuqarolaridan «Siz Moldova Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qöşilişi uçun Konstitutsiyaga özgartiriş kiritişni qöllab-quvvatlaysizmi?» degan savolga «ha» yoki «yöq» deb javob berişlari söralgan.
Ikki lager orasidagi farq minimal. Moldova Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 97,4 foiz ovoz sanab bölingandan keyin e’lon qilingan dastlabki ovoz beriş natijalariga köra, saylovçilarning 50,1 foizi Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş yönalişini qöllab-quvvatlamagan, 49,9 foiz fuqarolar yoqlagan.
Kişinyovda va xorijda ovozlar hisoblanar ekan, Yevropa integratsiyasi muxoliflarining dastlabki ustunligi sezilarli darajada kamaydi.
«Moldova mamlakatimiz erkinligi va demokratiyasiga misli körilmagan hujumga duç kelmoqda», dedi yevropaparast prezident Mayya Sandu Kişinyovda jurnalistlarga referendumning dastlabki natijalarini şarhlar ekan. U aralaşuvda «milliy manfaatlarimizga duşman bölgan xorijiy kuçlar bilan işlayotgan jinoiy guruhlar»ni aybladi va ularning maqsadi «demokratik jarayonga putur yetkaziş» ekanini qöşimça qildi.
Moldova prezidenti: Mamlakat taqdirini moldovanlar hal qilişi kerak
Moldova prezidenti Mayya Sandu fuqarolarni 20 oktyabr kuni mamlakatda bölib ötadigan prezidentlik saylovlari va YeIga a’zo böliş böyiça referendumda ovoz berişda faol iştirok etişga çaqirgandi.
Tegişli videoda prezident «mamlakat taqdirini moldovanlar hal qilişi kerakligini» ta’kidlagan, deb xabar beradi MOLDPRES.
«Biz çorrahada turibmiz va bizning burçimiz demokratiyani himoya qiliş, Moldova va bolalarimiz taqdirini hal qilişdir, çunki referendumning ikkinçi bosqiçi bölmaydi», dedi Sandu.
Prezidentning fikriça, bu Moldova uçun buriliş nuqtasi. «Yoki biz kuçsiz va yolğiz davlat bölib qolamiz, yoki Moldova kuçli, xavfsiz va köp döstlari bor davlatga aylanadi», dedi prezident.
Siyosatçi «öğrilar guruhlari yolğon va iflos pullar bilan Moldova kelajagini tösib qöymoqçi ekanligiga e’tibor qaratdi. «Ovozlarni sotib oliş uçun millionlab yevrolar, har kuni minglab yolğon, lekin moldovanlar dono va boşqalarning bizga qanday yaşaşni örgatişini qabul qilmaydi. Biz kelajagimizni sotayotganimiz yöq, biz ğalaba qozonişimiz kerak, iflos pullar emas, xalq irodasi ğalaba qozonsin», — deya Sandu Moldovaning ğalaba qozonişi uçun ovoz berişga çaqirdi.

















