Özbekistonning yetakçi banklaridan biri Kapitalbank va Armanistonning jadal rivojlanayotgan banki Converse Bank örtasida uzoq muddatli özaro manfaatli hamkorlik töğrisida boş kelişuv imzolandi. Bu kelişuv Özbekiston va Armaniston örtasidagi moliyaviy va savdo aloqalarini rivojlantirişni nazarda tutadi. Endi Kapitalbank mijozlari tezlaştirilgan tartibda töğridan töğri operatsiyalarni amalga oşirişlari, Kavkaz mamlakatlarida taşqi savdo şartnomalari böyiça tölovlarni amalga oşirişlari hamda yuridik va jismoniy şaxslar uçun foydali valuta ayirboşlaş imkoniyatiga ega böladi. Kelişuvga ikki tomonlama erişildi.

— Uşbu kelişuv ikki davlat uçun yangi biznes imkoniyatlarini oçib beradi, özaro investitsiyalar uçun şart-şaroitlarni yaxşilaydi, şuningdek, tajriba va ilğor moliyaviy texnologiyalar almaşinuvi uçun zamin yaratadi, – deydi Kapitalbank boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Sardor Ismailov. — Kelişuvimiz moliya va tadbirkorlik faoliyatining turli yönalişlarida özaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik uçun mustahkam asos yaratişga qaratilgan. Işonçim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali nafaqat mamlakatlarimiz örtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş, balki mintaqaviy biznesni rivojlantirişga ham salmoqli hissa qöşişimiz mumkin.

Converse Bank YoAJ haqida
1993 yilda taşkil etilgan jadal rivojlanayotgan bu bank Armaniston böylab 30 dan ortiq filiallariga ega bölib, jismoniy va yuridik şaxslarga turli xizmatlarni taklif etadi.












