SIBOS 2024 doirasida Kapitalbank va Commerzbank AG örtasida taşqi savdo şartnomalarini eksport-kredit agentliklari (ECA) kafolati ostida moliyalaştiriş böyiça Asosiy kredit bitimi imzolandi.

"Kapitalbank” ATB Özbekistondagi eng yirik xususiy banklardan biri bölib, SIBOS 2024 körgazmasida eksponent sifatida rasmiy iştirokçi bölgan birinçi özbek bankidir. Uşbu tadbir har yili Jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati (SWIFT) tomonidan taşkil etiladi va bu yil Pekinda 2024 yil 21-24 oktabr kunlari bölib ötmoqda. Kapitalbank xalqaro hamkorlar bilan bir qator strategik muhim muzokaralar ötkazmoqda.

Commerzbank AG bilan uçraşuvda eksport-kredit agentliklarini qöllab-quvvatlovi va qoplaşi ostida taşqi savdo şartnomalarini uzoq muddatli moliyalaştiriş böyiça Bitim imzolandi. Uşbu asosiy kredit bitimi ECA tomonidan qoplanadigan taşqi savdo operatsiyalarini moliyalaştiriş uçun kredit operatsiyalari böyiça hamkorlik şartlarini belgilaydi.
Kapitalbank va Commerzbank AG örtasidagi hamkorlik Özbekiston kompaniyalarining zamonaviy ilğor texnologiyalar va Yevropa mamlakatlari mahsulotlaridan foydalaniş imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Reklama












