Amerikaning SpaceX kompaniyasiga tegişli Crew Dragon-8 kosmik kemasi rossiyalik kosmonavt va uç nafar astronavt bilan Florida ştatidagi Pensakola şahri yaqinida okean suviga qönişni amalga oşirdi, deb xabar beradi NASA.

Ekipaj kosmosda 236 kun bölgan. Şunday qilib, NASA astronavtlari Mettyu Dominik, Maykl Barratt va Janett Epps, şuningdek, «Roskosmos» kosmonavti Aleksandr Grebenkin Xalqaro kosmik stansiyadagi (XKS) yetti oylik missiyasini yakunladi.

Ekipaj NASA’ning Xyustondagi Kosmik markaziga yetkaziladi, bundan oldin ular tibbiy körikdan ötişlari lozim.

Crew Dragon kemasi Xalqaro kosmik stansiyani 24 oktyabr kuni soat 00:05 da tark etgan. Kemaning ajralişi bir neça bor qoldirilgan edi. Avvaliga u 7 oktyabrda XKS ajralişi, ekipaj esa ertasi kuni Yerga qaytişi kerak bölgan. Şundan söng, jarayon 8 oktyabrga, keyinroq 10 oktyabrga köçirildi.

Crew Dragon kemasi XKSga 2024 yilning 4 mart kuni uçib borgandi.

Avvalroq «Roskosmos» davlat korporatsiyasining boşqariladigan «Soyuz MS-26» kosmik kemasi avtomatik ravişda Xalqaro kosmik stansiyaning «Rassvet» moduliga tutaşgani töğrisida xabar berilgandi. Transport kemasi bortida — «Roskosmos» kosmonavtlari Aleksey Ovçinin va Ivan Vagner, şuningdek, NASA astronavti Donald Pettit bölgan.