Islandiya tört kunlik iş haftasini joriy qilganidan beri ta’sirçan iqtisodiy ösişni kuzatdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Yangi tadqiqotga köra, Islandiya yalpi içki mahsuloti 2023 yilda 5 foizga ösgan, bu rivojlangan iqtisodiyot uçun juda yuqori. Boy Yevropa mamlakatlari orasida faqat Malta bundan yuqori körsatkiçga ega edi. Taqqoslaş uçun, 2006-2015 yillar davomida Islandiyaning örtaça iqtisodiy ösiş sur’ati yiliga atigi 2 foizni taşkil etdi.
Tahlilçilar mamlakat iqtisodiy muvaffaqiyatini aynan iş haftasining qisqarişi bilan boğlamoqda. Şunday qilib, 2015 yildan 2019 yilgaça bölgan davrda mamlakatda bir qança yirik tajribalar ötkazildi, bunda budjet sohasi xodimlarining iş haftasi maoş kamaytirmasdan, 40 soat örniga 35-36 soatga qisqartirildi. Tajribada 2500 kişi iştirok etdi - Islandiyaning mehnatga layoqatli aholisining 1 foizidan ortiği.
Tadqiqotçilar köpçilik iş joylarida mehnat unumdorligi özgarmagan yoki yaxşilanganini, işçilarning farovonligi esa bir qator körsatkiçlar böyiça «sezilarli darajada» oşganini aniqladi.
Keyinçalik Islandiya kasaba uyuşmalari butun mamlakat böylab ön minglab a’zolari uçun iş vaqtini qisqartirişga kelişib oldi. 2022 yilga kelib, mamlakatdagi işçilarning 51 foizi qisqartirilgan iş vaqti yoki tört kunlik iş haftasiga ötdi. Bugungi kunda islandiyaliklarning 59 foizi uşbu formatda işlaydi.
Garçi iqtisodçilar 2024 yil oxiriga borib iqtisodiy ösiş sur’atlarining sekinlaşişini başorat qilsa-da, tahlilçilar yana bir muhim körsatkiçga – mamlakatdagi işsizlik darajasining pastligiga e’tibor berişadi. Bu «iqtisodiyotning kuçli ekanini körsatmoqda», dedi ular.

















