Rossiya Federatsiyasining Bryansk oblastida «qurollangan şaxslar guruhi»ning Rossiya-Ukraina çegarasini buzib ötişga urinişi töxtatildi, dedi mintaqa rahbari Aleksandr Bogomaz 27 oktyabr, yakşanba kuni. Uning sözlariga köra, hodisa Klimovskiy rayoni Manev aholi punkti hududida sodir bölgan, u yerda hozirda aholi yöq.

Hujumni qaytarişda çegaraçilar, harbiylar va Rossiya gvardiyasi jangçilari iştirok etdi. «Duşmanga qarata öt oçildi», deb yozdi Bogomaz Telegram-kanalida. Gubernatorning qöşimça qilişiça, Klimovskiy rayonidagi vaziyat hozirda «barqaror» va hokimiyat nazoratida.

RFning bir qança mintaqalari uçuvçisiz uçoqlar hujumiga uçradi

20 oktyabrga ötar keçasi Rossiyaning bir qança hududlari uçuvçisiz uçiş apparatlari tomonidan ommaviy hujumga uçradi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva, Lipetsk va Oryol oblastlari xavf ostida qolgan.

Poytaxt meri Sergey Sobyanin «Moskva tomon uçgan» dron Ramenskoye şahar okrugida urib tuşirilganini aytdi. «Dastlabki ma’lumotlarga köra, parçalar tuşgan joyda vayronalar va qurbonlar bölmagan», — deb yozdi Sobyanin Telegramʼdagi kanalida.

Rossiyaning boşqa mintaqalari ham dron hujumlariga uçragan. Xususan, Lipetsk oblasti gubernatori Igor Artamonov Lipetsk osmonida «UUA bostirilganini» aytdi. Artamonovning sözlariga köra, uçiş apparati qoldiqlari Sirskiy Rudnikning mikrorayoniga tuşgan. «Mutaxassislar voqea joyida va dronning qolgan qismlarini zararsizlantirmoqda», deb yozgan u.

Orel oblasti gubernatori Andrey Kliçkov ham 19 oktyabr oqşomida yirik uçuvçisiz uçoqlar hujumi haqida xabar berdi. Unga köra, Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari mintaqa uzra 11 ta Ukraina dronini yöq qilgan.

Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz 19 oktyabr oqşomida kamida törtta Ukraina dronining «yöq qilingani» haqida xabar berdi.

Bryansk, Lipetsk va Oryol oblastlariga qilingan hujumlar natijasida qurbonlar va vayronagarçiliklar yöq, dedi mintaqa rahbarlari.