Amerikaning U.S.News & World Report naşri mutaxassislari tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuçli armiyalari röyxatida Özbekiston 19-örinni egalladi.
Nyu-Yorkda joylaşgan jurnalning reytingida jami 89 davlat örin olgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Özbekistondan taşqari Qozoğiston ham bor va röyxatda 22-örinni egallagan.
Rossiya eng kuçli armiyalar reytingida birinçi örinda turibdi. Keyingi örinlarda AQŞ va Isroil qayd etilgan.
Eng kuçli 10 talik quyidagiça:
- Rossiya;
- AQŞ;
- Isroil;
- Xitoy;
- Janubiy Koreya;
- Eron;
- Buyuk Britaniya;
- Ukraina;
- Germaniya;
- Turkiya.
Sobiq sovet mamlakatlari hisobga olinsa, Belarus 12-örin bilan Özbekistondan oldinda joylaşgan.
Jadvalning quyi qismida Yangi Zelandiya, Litva, Lyuksemburg, Latviya va Singapur kabi davlatlar joy olgan.
2024 yilda Özbekiston Global Firepower talqini böyiça eng kuçli armiyalar reytingida 145 davlat içida 65-örinni egalladi. 2023 yilga nisbatan mamlakat uç poğonaga tuşib ketdi, biroq mintaqadagi yetakçiligini saqlab qoldi. Reytingda Qozoğiston 58-, Turkmaniston 83-, Qirğiziston 100- va Tojikiston 107-örinni egalladi.
Global Firepower Özbekistonning mudofaa budjetini 796,8 million dollar deb baholamoqda, harbiy xizmatçilar soni esa 48 ming kişini taşkil etadi.
















