Yuzdan ortiq koinot tadqiqotçilari AQŞ federal hukumatiga murojaat qilib, SpaceX kompaniyasining minglab Starlink sun’iy yöldoşlarini koinotga uçirişga ruxsat berişdan avval ekologik baholaş ötkazişni talab qildi. Ilon Mask kompaniyasi allaqaçon Federal Aloqa Komissiyasi(FCC)dan 12 mingga yaqin sun’iy yöldoş uçirişga ruxsat olgan — bu hozir Yer orbitasida mavjud boşqa jismlarning umumiy sonidan ikki baravar köp. Endi SpaceX yana 20 ming sun’iy yöldoş uçirişga ariza topşirdi.

Hozirda FCC bunday ommaviy uçirişning ehtimoliy xavf-xatarlarni baholamoqda. Biroq qariyb qirq yil avval işlab çiqilgan qoidalarga köra, deyarli barça telekommunikatsiya, jumladan, sun’iy yöldoş loyihalari ham, majburiy ekologik ekspertizadan ozod etilgan. Olimlar öz murojaatida öşa davrdan buyon vaziyat sezilarli darajada özgarganini ta’kidladi.

“Uşbu texnologiya yangi va jamiyat uçun foydali bölişi mumkin, lekin uning foydasi va ehtimoliy zararini taroziga soliş kerak. Buning yagona yöli — ekologik baholaş ötkaziş”, — deya ta’kidladi murojaatni taşkil etgan Public Interest Research Groups (PIRG) taşkilotining Designed to Last kompaniyasi direktori Lukas Gatterman.

FCC’dan javob xati olgan PIRG uşbu xavotirlarni muhokama qiliş uçun uçraşuv ötkazişga umid qilmoqda.

Starlink sun’iy yöldoşlari dunyoning turli qismlarida, ayniqsa, qişloq joylarida va infratuzilmasi yaxşi rivojlanmagan mamlakatlarda internet qamrovini ta’minlaydi. Biroq atmosfera va astronomik kuzatuvlarga ta’sir qilişi mumkin bölgan bir qator muammolar mavjud.

Starlink obektlari orbitada taxminan beş yil faoliyat körsatadi. Şundan söng SpaceX ularni yangilari bilan almaştiriş uçun işdan çiqarişi va atmosferada yoqib yuborişi mumkin. Biroq olimlar sun’iy yöldoşlarning yonişi oqibatida ajralib çiqadigan metall va kimyoviy birikmalar katta miqdorda atmosferaning yuqori qatlamlaridagi elementlar muvozanatini buzişi mumkinligidan xavotirda.

Bundan taşqari, Starlink sun’iy yöldoşlari astronomlarning işini qiyinlaştirmoqda. Los Anjyelesdagi Kaliforniya universiteti astronomiya professori Devid Juittning tuşuntirişiça, bu “sahifalari marker bilan böyab taşlangan kitobni öqişga öxşaydi”. Ya’ni ular koinotning tiniq suratlarini olişga xalal beradi. Ularning ta’sirini kamaytiriş uçun astronomlar tasvirlarni qayta olişga yoki sun’iy yöldoş izlarini bartaraf etadigan maxsus dasturlar yaratişga majbur bölmoqda.

Sun’iy yöldoş mega-turkumlarining ekologik baholanişi kosmik tadqiqotlar va koinotdan foydalaniş siyosatini yanada samarali qiliş uçun ilk qadam böladi. Hozirgi kunda AQŞda sun’iy yöldoşlar “umri”ning turli bosqiçlari — uçirilişdan to işdan çiqquniga qadar turli agentliklar tomonidan nazorat qilinadi. Faqatgina kompleks yondaşuv uşbu sohadagi hamkorlikni yölga qöyişga yordam berişi mumkin.