Rossiya Prezidenti Putin “Valday” muloqot klubi sessiyasida qatnaşdi. Dastavval u bir soat davomida Ğarbni qoralab, Rossiyani maqtadi. Dunyo Rossiyasiz yaşolmasligi, na Vaşington, na Bryussel va na boşqa kuçlar buni özgartira olişini aytdi.
Prezident şuningdek, tahlilçilar savollariga ham javob berdi. Muhokamalar Ukraina uruşi, yadroviy siyosat, AQŞning yangi prezidenti, Xitoy va Hindiston bilan aloqalar, harbiy maşğulotlar va boşqa mavzularda keçdi. Kun.uz Putinning asosiy gaplarini jamladi.
Vladimir Putin yana öz gapini rus millati hamda davlatçiligini uluğlaşga qaratilgan ideologik fikrlar bilan boşladi. Tahdidlarga töxtalarkan, yangi global epidemiyalar, mintaqaviy mojarolar, iqtisodiy inqiroz, migratsion bosimning ortişi, inson va sun’iy intellekt salohiyati qarama-qarşiligini xavf sifatida sanab ötdi. Klub taşkil qilinganiga 20 yil tölgan, Putin keyingi 20 yil bundan ham qiyin bölişini aytdi. Xususan, demokratiya endi köpçilikning emas, kamçilikning kayfiyatini aks ettirib, erkinlikning fundamental standartlariga qarşi bormoqda. Ğarb demokratiyasida natsizm, ratsizm, terrorizm va hattoki ommaviy genotsidni köryapmiz, deydi Putin.
Rossiya prezidenti nutqining asosiy qismi kollektiv Ğarb va unga boşliq Qöşma Ştatlar siyosatini qoralaş mazmunida keçdi. Ğarbni yomonlagan Putin Rossiyani maqtay ketdi, dunyo Rossiyasiz yaşolmasligini ham tarix, ham falsafa, ham sotsiologiyadan bilimlarini qöşib, isbotlaşga urindi. Masalan, uning sözlariga köra, AQŞ şunday şiorga amal qiladi, kimda kim Qöşma Ştatlar bilan bölmasa, demak unga duşman hisoblanadi. Va mana şu siyosat Ğarbning özida tizimli inqirozni boşlagan. Xususan, mafkuraviy va harbiy-siyosiy monopoliyaga da’volar kuçaydi, Qöşma Ştatlar va Yevropaning bugungi harakatlari öz xalqlari manfaatiga zid kelmoqda, deydi Rossiya prezidenti. Şu örinda Putin Ğarb bilan aloqalarini qayta yaxşilaş niyatida ekani böyiça bir neçta signallar ham berdi. Biz Ğarbni duşman sifatida qabul qilmaymiz, dedi prezident
“Rossiya Ğarb sivilizatsiyasini duşman sifatida qabul qilmaydi, “bizmi yoki ular?” degan tanlovni ham qöymaydi. Bizning yonimizda bölmaganlar bizga qarşi, degan şiorni heç qaçon işlatmaymiz. Ğarb haqiqatan ham ulkan siyosiy, intellektual, madaniy va moddiy resurslarni töpladi, jahonning asosiy kuçlaridan biri sifatida muvaffaqiyatli rivojlana oldi. Ğarb - dunyodagi kuçlardan biri xolos, lekin gegemon emas. Menimça Rossiya haqidagi haqiqatlarni eslatiş şart emas. Dunyo Rossiyaga muhtoj, na Vaşington, na Bryussel va boşqa ustun qarorlar buni özgartira olmaydi”, - Vladimir Putin.















