Janubiy Sudanda keng kölamli suv toşqinlari qariyb 1,4 million kişiga ta’sir körsatdi. Tabiiy ofat 379 mingdan ziyod fuqaroni öz uyini taşlab ketişga majbur qildi, deb xabar beradi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi.

Qayd etilişiça, mazkur suv toşqinlari sönggi yillarda yuz bergan eng halokatli tabiiy ofatlardan biriga aylangan. Yöllarni suv bosişi oqibatida gumanitar yordam işçilari jabrlanganlarga kömaklaşişda jiddiy qiyinçiliklarga uçramoqda.

«Vaziyat bezgak tarqalişi tufayli yanada qiyinlaşmoqda — şundoq ham jabrlangan hududlardagi zaif soğliqni saqlaş tizimiga qöşimça yuklama tuşyapti», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, suv toşqinlari infratuzilmalar buzilişiga va qişloq xöjaligi maydonlarining yakson bölişiga olib kelgan. Bu esa mamlakatdagi gumanitar inqirozni yanada murakkablaştirmoqda.

Avvalroq BMT yomğirlar boşlanişi bilan gumanitar yordamni yetkazişning imkoniyati bölmayotgan 15 ta asosiy yönalişni ma’lum qilgandi — uşbu hududlarda taxminan 500 ming fuqaro istiqomat qiladi. Bularning barçasi Janubiy Sudanning qöşni davlat bilan 18 oydan beri davom etayotgan uruşi oqibatlari fonida sodir bölmoqda. Ötgan yilning aprelidan beri Janubiy Sudanda yarim milliondan ortiq qoçoqlar qayd etilgan.