Qozoğistonda «Ipak yöli» nomini olgan temiryöl sayohat dasturi oçiladi. «Olmaota – Turkiston – Toşkent – Olmaota» yönalişi böyiça birinçi reys 2024 yil 16 noyabrdan boşlanadi. Bu haqda Qozoğiston turizm va sport vazirligi xabar berdi.
4 kunlik xalqaro temiryöl sayohati dasturi sayyohlarga «qadimiy şaharlar atmosferasiga şönğiş» va «Buyuk Ipak yöli» izidan sayohat qiliş imkonini beradi. Yönaliş Turkiston va Toşkentning asosiy diqqatga sazovor joylarini öz içiga oladi. Sayyohlarga qulaylik yaratiş maqsadida ekskursiya dasturiga gidlar yordami, ovqatlaniş, transport xizmatlari va muzey çiptalari kiradi.
«Hamkorlikda biz ikki davlatni boğlaydigan noyob temiryöl sayohati dasturini yaratişga muvaffaq böldik. Boy ma’naviy va tarixiy merosni örganişni xohlovçi boşqa mamlakatlardan kelgan fuqarolar va sayyohlar uçun sayohat yanada qulay böladi. Bu Qozoğiston va Özbekiston örtasida turizmni rivojlantiriş va madaniy aloqalarni mustahkamlaşda muhim qadam böldi», dedi Qozoğiston turizm va sport vaziri örinbosari Yerjan Yerkinbayev.
Sayohatçilar Markaziy Osiyoning eng qadimiy şaharlaridan biri – muhim savdo tarmoği bölgan Ötrorni körişi mumkin böladi. Sayohat dasturidan Arslon bobo maqbarasi, «Hazrat Sulton» tarixiy-madaniy qöriq-muzeyi, Markaziy Osiyodagi eng yirik «Karvonsaroy» sayyohlik majmuasiga boriş ham örin olgan. Toşkentda ekskursiya iştirokçilariga nafaqat tarixiy joylar, balki şaharning zamonaviy taraqqiyoti bilan ham yaqindan tanişiş imkoniyati yaratiladi.

















