2024 yil 12 noyabr kuni Özbekiston delegatsiyasining Şveytsariyaga taşrifi doirasida Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va Global hamkorlik va barqarorlik xalqaro jamğarmasi (GCERF) örtasida özaro anglaşuv memorandumini imzolaş marosimi bölib ötdi.
Hujjatni SMTI direktori Eldor Aripov va GCERF ijroçi direktori Xolid Kozer imzoladi.
GCERF ştab-kvartirasi Jyenevada joylaşgan yetakçi xalqaro taşkilot bölib, 2014 yildan buyon 23 mamlakatda terrorizmga qarşi kuraş va repatriantlarni reabilitatsiya qiliş böyiça loyihalarni amalga oşirib kelmoqda. Jamğarmaning uşbu loyihalarga yönaltirilgan jami sarmoyasi 200 million dollardan oşadi.
Imzolangan Memorandum ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş, repatriatsiya qilingan fuqarolarga ularning reabilitatsiyasi va reintegratsiyasiga kömaklaşiş sohasida qöşma hamkorlik dasturlarini amalga oşiriş uçun huquqiy asos yaratadi.
GCERF Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan tuzilgan Reabilitatsiya va reintegratsiya böyiça mintaqaviy ekspert kengaşi faoliyatiga katta qiziqiş bildirdi. Şuningdek, repatriantlar bilan işlaşga jalb etilgan psixologlar, ijtimoiy xodimlar, mahalla vakillarining malakasini oşiriş böyiça Kengaş doirasida maxsus treninglar taşkil etiş, şuningdek, repatriantlarning bandlik imkoniyatlarini kengaytiriş va ijtimoiy integratsiyalaşuv dasturlarini işlab çiqişga qiziqiş bildirildi.

Terrorizm va ekstremizmning onlayn tarğibotiga qarşi kuraşiş, yoşlarda tanqidiy fikrlaşni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratiladi.
GCERF taşkil etiş taşabbusi AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri, Turkiya taşqi işlar vaziri Ahmet Dovutöğli va Şveytsariya kansleri Didyye Burkxalter tomonidan 2013 yilda Nyu-Yorkda bölib ötgan Global aksilterrorçilik forumida ilgari surilgan. GCERF Direktorlar kengaşi tarkibiga 20 dan ortiq mamlakatlar, jumladan, Yevropa Ittifoqi, Afrika, Osiyo, AQŞ, Qatar va Avstraliya vakillari kiradi.

















