Germaniya kansleri Olaf Şols va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 noyabr kuni telefon orqali muloqot qildi, deb xabar beradi Sueddeutsche Zeitung gazetasi.

Ikki mamlakat yetakçilari oxirgi marotaba 2022 yil 2 dekabrda telefon orqali suhbatlaşgan edi.

Reuters ma’lumotlariga köra, suhbat bir soatga yaqin davom etgan.

Putin va Şolsning suhbatini köp ötmay Germaniya hukumati ham tasdiqladi. Qayd etilişiça, Germaniya kansleri Putinni Rossiyaning Ukrainaga qarşi bosqinini töxtatişga va RF qöşinlarini uning hududidan olib çiqib ketişga çaqirgan.

U, şuningdek, «Rossiyani adolatli va mustahkam tinçlik maqsadida Ukraina bilan muzokaralarga tayyor turişga çaqirgan». Şolsning sözlariga köra, Germaniya Ukrainani «qança kerak bölsa, şunça» qöllab-quvvatlaydi. GFR kansleri Putin bilan suhbatdan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan ham qönğiroqlaşgan.

Kreml Putin va Şolsning muloqotiga hozirça izoh bermadi.

Oktyabr örtalarida Şols bundestagda nemis deputatlari qarşisida çiqiş qilib, Ukrainada «adolatli tinçlik» uçun Vladimir Putin bilan muzokaralarga tayyorligini bildirgan edi.