Falcon 9 raketa taşuvçisi Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmoği uçun yana 20 ta sun’iy yöldoşni orbitaga muvaffaqiyatli olib çiqdi.
«20 ta Starlink sun’iy yöldoşi olib çiqilgani tasdiqlandi», — deyiladi xabarda.
Raketa Kaliforniyadagi Vanderberg Kosmik kuçlari bazasida joylaşgan SLC-4E start maydonçasidan uçirilgan. Taxminan bir soatdan keyin sun’iy yöldoşlar taşuvçining ikkinçi poğonasidan ajralib, orbitaga çiqqan.
Uçiriş doirasida taşuvçi raketaning köp martalik birinçi poğonasi Tinç okeanidagi Of Course I Still Love You dron-plartformasiga sakkizinçi marotaba vertikal qönişni amalga oşirdi.
2019 yil maydan beri Starlink loyihasi doirasida SpaceX kompaniyasi 7,3 mingta şu kabi sun’iy yöldoşni uçirdi. Ularning bir qismi işdan çiqqan yoki orbitada yönalişini özgartirgan bölsa, 6,6 mingdan ziyod apparat esa hozirda soz holatda.
Avvalroq yuzdan ortiq koinot tadqiqotçilari AQŞ federal hukumatiga murojaat qilib, SpaceX kompaniyasining minglab Starlink sun’iy yöldoşlarini koinotga uçirişga ruxsat berişdan avval ekologik baholaş ötkazişni talab qilgandi. Ilon Mask kompaniyasi allaqaçon Federal Aloqa Komissiyasidan 12 mingga yaqin sun’iy yöldoş uçirişga ruxsat olgan — bu hozir Yer orbitasida mavjud boşqa jismlarning umumiy sonidan ikki baravar köp.
Eslatib ötamiz, 2019 yilda SpaceX Starlink sun’iy yöldoşlarining dastlabki guruhlarini uçirganda jamoatçilik va ilmiy hamjamiyat tomonidan tanqidga uçragandi. Butun dunyo astronomlari sun’iy yöldoşlarning yuqori nur qaytariş xususiyatiga e’tibor qaratgan, şu sababli kompaniya ularning yaltiroqligini kamaytiriş uçun maxsus material bilan qoplaşni boşlagan.

















