Markaziy bank bitta şaxs nomiga beriladigan kartalar sonini çeklaş haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Bitta jismoniy şaxsga bitta bank kartasi berilişi böyiça me’yorlar örnatilayotganligi töğrisida axborot haqiqatga töğri kelmaydi.

Bank kartalari bilan boğliq şubhali (frod) operatsiyalarning oldini oliş, firibgarlik sxemalarida jismoniy şaxslarga tegişli hisobvaraqlar va bank kartalari iştirokini kamaytiriş maqsadida banklar tomonidan bitta jismoniy şaxsga (bitta JŞŞIRga) kartalar sonini (virtual va kobeydjing kartalarini inobatga olgan holda) vaqtinçalik bitta bankda 5 tagaça, barça banklarda 20 tagaça belgilaş masalasi körib çiqilmoqda», deyiladi MB xabarida.

Bunda uşbu talab çet el valutasida oçilgan bank kartalariga nisbatan tatbiq etilmasligi aytilgan.

Markaziy bank ma’lumotlariga köra, bugungi kunda jismoniy şaxslarning qariyb 97 foizi (22 mln) 5 tagaça, 3 foizi (770 ming) 5-20 tagaça hamda 0,03 foizi yoki 7 ming nafari 20 tadan oşiq kartalar rasmiylaştirgan.

Avvalroq, Markaziy bank raisi örinbosari Behzod Hamrayev bitta şaxs nomiga beriladigan kartalar sonini çeklaş böyiça işlar olib borilayotganini ma’lum qilgandi.