Kun.uz’ga Navoiy şahrida yaşovçi bir guruh fuqarolardan murojaat kelib tuşdi.

Unda aytilişiça, “Bright Industry Buldings The Future” MÇJ ta’sisçisi va rahbari Mehroj Rahmatovga jinoyat işi oçilgan. Merey Omonboyeva işida jabrlanuvçi bölgan tadbirkor juda köp miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Mehroj Rahmatov Navoiy şahrida 148 ta xonadon va 14 ta savdo dökonini jami 425 kişiga sotgan. 263 kişining sotuvdan tuşgan pul mablağlarini esa özining şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab, talon-toroj qilgan.

Holat yuzasidan 2024 yil 20 avgustda Navoiy şahar IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Mehroj Rahmatovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Iş 26 avgustda Navoiy viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi iş yurituviga olingan. Hozirda iş yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov davomida Mehroj Rahmatovga tegişli bölgan 12 ta köçmas mulk, jumladan, bolalar boğçasi, beton işlab çiqariş zavodi, issiqxona, baliqxona binolari, şuningdek, 8 ta transport vositasi xatlangan. 

Yetkazilgan zarar qoplanmagan. Puliga kuyib qolayotganlar soni va zarar miqdori juda köp bölişiga qaramay jabrlanuvçilar MÇJ mas’ullari qamoqqa olinmayotganidan norozi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 351-moddasiga köra, dastlabki tergov harakatlari jinoyat işi qözğatilgan kundan boşlab uç oydan oşmagan muddatda tamomlanişi lozim. Biroq 20 avgustda oçilgan jinoyat işi hamon tergovda. Tergovning muddatida yakunlanmaganiga ikki sababdan birini keltiriş mumkin: viloyat prokurorining roziligi bilan tergov muddati uzaytirilgan yoki iş böyiça ayblanuvçini (yoxud uning qayerda ekanini) aniqlaş imkoni bölmagani uçun harakatdan töxtatilgan.

Jabrlanuvçilarning murojaatiga asosan holat böyiça “Sevimli” telekanali muxbiri jurnalistik suriştiruv harakatlari ötkazişga kirişgan. Kun.uz manbasiga köra, viloyat prokurori A.Mirzayev şaxsan muxbirni öz xonasiga çaqirib, tayyorlagan lavhasini efirga bermaslikni söragan. Muxbir buni rad qilgaç, viloyat prokurori telekanal rahbariyatiga xat kiritgan.