Markaziy Bankning Nazorat qömitasi noyabr oyidagi tekşiruvlar natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uçun 22 ta bank va 3 ta tölov taşkilotini çora va sanksiyalar qöllanilişi töğrisida ogohlantirdi.
Şu bilan birga, amaldagi qonunçilik, Markaziy Bank tomonidan örnatilgan iqtisodiy me’yorlar talablari hamda körsatmalariga rioya qilinmaganligi, şuningdek, örganiş va inspeksiya tekşiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uçun 8 ta bank, 7 ta tölov taşkiloti va 12 ta mikromoliya taşkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qöllanildi.
Markaziy Bank xabarida çora körilgan banklar nomi va jarimalar miqdori haqida ma’lumot berilmadi.
Bundan taşqari, Bank nazorati qömitasining tegişli qarori bilan 7 ta bank 2025 yil uçun tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida belgilandi.

















