17 dekabr kuni bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida yöllarda harakatlaniş xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan qonun loyihasi ikkinçi öqişda qabul qilindi.
Qonun loyihasi bilan trotuarlar, piyoda va velosiped yölkalari hamda ularga tutaş hududlarda barpo etilgan yaşil maydonlarda avtotransport vositalarini yurgizişning (bundan maxsus avtotransport vositalari mustasno) oldini olişga qaratilgan normalar belgilanmoqda.
Aholi tomonidan yöl harakati iştirokçilarining harakatiga tösqinlik qiluvçi noqonuniy tösiqlarni va boşqa qurilmalarni örnatiş holatlariga çek qöyiş uçun javobgarlik çoralari nazarda tutilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-moddasi nomi va birinçi dispozitsiyasiga özgartiriş kiritilib, haydovçilarning transport vositalarida trotuar, velosiped va piyodalar yölaklarida, yaşil maydonlarda harakatlangani uçun javobgarlik belgilanmoqda.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 147-moddasi nomi va birinçi qismi dispozitsiyasiga özgartiriş kiritilib, yöllarda noqonuniy tösiqlar örnatganlik, tösib qöyganlik, yöl harakati iştirokçilariga tösqinlik qiluvçi boşqa qurilmalarni örnatganlik uçun javobgarlik belgilanmoqda.

















