Özbekistonda 20 dekabrdan uzrli sababga köra öqişni köçiriş böyiça arizalarni hududiy işçi guruhlar tomonidan qabul qiliş boşlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Belgilangan tartibga muvofiq ikkita uzrli sababga köra davlat oliy ta’lim muassasalari aro öqişni köçiriş haqidagi arizalarni qabul qiliş uçun 13 ta oliy ta’lim muassasasida hududiy işçi guruhlar taşkil etilgan.
Işçi guruhlar 2025 yilning 20 yanvar kuniga qadar har kuni soat 09:00 dan 17:00 gaça (yakşanba – dam oliş kuni; şanba – soat 09:00 dan 15:00 gaça) faoliyat körsatadi.
Hududiy işçi guruhlarga arizaçi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:
- öqişni köçiriş böyiça ariza (ariza blankasi hududiy işçi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida töldiradi);
- talabaning reyting daftarçasi yoki belgilangan şakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bölsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- uzrli sabablarni asoslovçi tegişli hujjatlar.
Ma’lumot uçun, ikkita uzrli sabab quyidagilar:
- talaba oila qurişi munosabati bilan turmuş örtoği doimiy yaşaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga öqişini köçiriş uçun murojaat qilganda;
- davlat organlarining xodimlari iş joyi özgargan taqdirda uning turmuş örtoği yoki voyaga yetmagan farzandi öqişini köçiriş uçun murojaat qilganda, tegişli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.
Eslatib ötamiz, iyul oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruği bilan, 2024/25 öquv yili uçun xorijiy va nodavlat OTMlardan talabalar öqişini respublika davlat OTMlariga köçiriş böyiça ötkaziladigan maxsus sinovlar böyiça ötiş ballari tasdiqlangandi.
















