Tuman va shaharlar hokimliklariga qo‘shimcha ma’muriy vakolatlar beriladi
Tuman (shahar)lar hokimliklariga 1 yanvardan belgilangan vazirlik va idoralar tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlarini mas’ul vazirlik va idoralar hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, tegishli mas’ullarga rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish vakolati beriladi.
“Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Hokimliklarga quyidagi vakolatlar beriladi:
2025 yil 1 martdan hududi 10 ming metr kvadratdan, baholangan qiymati 5 ming BHMdan oshmagan hamda 6 oy davomida sotilmagan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli ko‘chmas mulk obektlarini 2 yil ichida yangi loyihani ishga tushirish va ish o‘rinlari yaratish sharti bilan:
- tadbirkorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri 10 yil muddatga ijaraga berish hamda davlat mulki uchun 4 yil davomida uzluksiz ijara to‘lovlarini amalga oshirgan va ijara shartnomasi shartlarini bajargan tadbirkorga xususiylashtirish yoki baholangan qiymatda to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish;
- xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga o‘qitadigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga dastlabki birinchi yili ijara to‘lovi undirmasdan 5 yil muddatga keyinchalik uning muddatini uzaytirish sharti bilan ijaraga berish.
Tuman (shahar)lar hokimliklariga quyidagi yo‘nalishlarda ma’muriy vakolatlar beriladi:
- davlat boshqaruvi organlari va tadbirkorlar o‘rtasida “doimiy aloqa” tizimini yaratish maqsadida tuman (shahar)larda Tadbirkorlar jamoatchilik kengashini tuzish;
- 2025 yil 1 yanvardan belgilangan vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlarini mas’ul vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, tegishli mas’ullarga rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;
- 2025 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha belgilangan ro‘yxat bo‘yicha tuman (shahar)larda huquqiy eksperiment tariqasida tuman (shahar) hokimligi faoliyatini “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida tashkil etish.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda haydovchi 25 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi
Jamiyat | 10:47
-
Germaniyaning AQShga eksporti yangi tariflar tufayli 15 foizga qisqaradi
Jahon | 10:40
-
Kim Chen In Shimoliy Koreyada ilk kompyuter o‘yinlari klubini ochib berdi
Jahon | 10:16
-
Ukraina dronlar ishlab chiqarishini maksimal darajada oshirmoqda - Zelenskiy
Jahon | 09:30
Mavzuga oid

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?

09:49 / 15.02.2025
Hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi

17:32 / 30.01.2025