Yiğilişda qayd qilinişiça, mavjud iqtisodiy salohiyat kompleks tahlil qilinib, qişloq xöjaligi, turizm va xizmatlar sohasida 2,5 milliard dollarlik imkoniyatlar aniqlangan.
Hozir 87 ming gektar paxtadan örtaça 28 sentner hosil olinyapti, 10 ta tumanda rentabellik past. Ekspertlar bunday kam hosilli paxta maydonlarini qisqartirib, örniga çorva ozuqasi va kunjut ekişni tavsiya qilmoqda. Ozuqabop ekinlar hisobiga 6,5 trillion sömlik göşt va sut yetiştiriş, kunjutdan eksportni 500 million dollarga köpaytiriş mumkinligi hisob-kitob qilingan.
Şuningdek, Möynoqning özida kamida 1 milliard dollarlik turizm loyihalari uçun salohiyat bor. Yaxlit majmualarni işga tuşirib, 1 million sayyohga xizmat körsatiş va 5 ming aholini daromadli qiliş mumkin.
Etno va ekoturizm böyiça ham imkoniyatlar töla işga solinmay turibdi. Savitskiy muzeyi, “Çilpiq” yodgorligi, Ayoz qal’a, Tuproqqal’a kabi 200 dan ziyod diqqatga sazovor joylar, 10 dan ortiq xalq öyinlari bor. Bu ham 3 million turistni jalb etib, bir neça kun aylantiriş uçun dastur.
Şunday imkoniyatlari bölgan respublikaning mutasaddilari, tuman hokimlari vazifasiga şaxsiy mas’uliyatini oşirişi zarurligi körsatib ötildi. Tadbirkorlarga hudud salohiyatini körsatib, loyiha taklif qiliş, biznesga kömakçi böliş kerak. Ana şunda, yangi-yangi iş örinlari, qöşilgan qiymat va eksport böladi, odamlarning daromadi köpayadi.

Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi şu kabi imkoniyatlarni işga soliş, investitsiya va iş örinlarini köpaytiriş böyiça rejalarini taqdimot qildi.
Davlat rahbari ularning tarkibiga e’tibor qaratdi. Xususan, kelasi yil uçun reja qilingan 3,1 milliard dollar investitsiyaning bor-yöği 500 million dollari hududiy loyihalarga töğri keladi.
Şu bois tumanlardagi hamma imkoniyatlarni safarbar qilib, bu nisbatni köpaytiriş kerakligi ta’kidlandi. Buning uçun qöşimça 1 milliard dollarlik hududiy loyihalar şakllantirilib, 120 ta korxona işga tuşiriladi. Eksport miqdori 500 million dollarga yetkaziladi.
85 ta yirik korxona töliq quvvatga olib çiqiladi. Şuningdek, yangi korxonalar, savdo va servis maydonlari taşkil etilib, 150 ming odamning bandligi ta’minlanadi. Natijada işsizlik darajasi 5,4 foizga tuşadi. 20 ming ehtiyojmand oilaga daromad manbai yaratilib, kambağallikni 7,6 foizga kamaytiriş çoralari köriladi.

















