2025 yilda soğliqni saqlaş sohasiga 41 trillion söm ajratilişi közda tutilgan. Buning hisobidan yangi şifoxonalar taşkil etiş va jihozlaş, mavjud quvvatlarni kengaytiriş, tibbiy körik qamrovini kengaytiriş rejalaştirilgan. Bu haqda prezident huzurida ötkazilgan yiğilişda ma’lumot berildi.

Davlat rahbari bu sohadagi asosiy vazifa – birlamçi böğinda tibbiyot sifatini oşiriş ekanini ta’kidladi. Buning uçun vazirlik vertikalini hududlarda töğri işlatiş, ayniqsa, çekka va oğir tumanlarga e’tiborni kuçaytiriş vazifasi qöyildi.

Bu böyiça turkiyalik ekspertlar tomonidan 6 ta hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati va ulardagi körsatilayotgan tibbiy xizmatlar örganildi. Örganişlar natijasida aholiga körsatilayotgan birlamçi tibbiy-sanitariya yordami xizmatlarini tizimli isloh qiliş böyiça takliflar işlab çiqilmoqda. Mutasaddilarga bu masalani çuqur tahlil qilib, birlamçi böğin transformatsiyasi böyiça qaror loyihasi tayyorlaş topşirildi.

Uşbu yönaliş xodimlarining malaka oşiriş dasturi takomillaştiriladi. Nazariy bilim va könikmalarni egallaşdan kompetensiyalarni rivojlantirişga bosqiçma-bosqiç ötiladi.

Şuningdek, kelgusi yil tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoşlari oşiriladi. Oilaviy şifokorlarning mehnat samaradorligi asosida ustama tölaş tartibi joriy qilinadi.

Hududlarga bölayotgan e’tibor izçil davom ettiriladi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qaşqadaryo viloyatlarida davlat tibbiy suğurtasi amaliyoti joriy etiladi. Markazlaşgan laboratoriya xizmatlari kengaytiriladi. “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali taşkil etilib, tibbiy jihozlardan foydalaniş elektron tizim orqali nazorat qilinadi.

Yana 35 ta yönalişdagi 400 ta milliy klinik protokollar işlab çiqiladi. 7 ta ixtisoslaşgan markaz va 2 ta oliy ta’lim muassasasi xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziladi.

Yiğilişda kadrlar masalasiga ham e’tibor qaratilib, tibbiy öquv yurtlarida ta’lim sifatini oşiriş, uning amaliyot bilan hamohangligini mustahkamlaş, bitiruvçilarning birlamçi böğinda tajriba orttirişini taşkil etiş muhimligi ta’kidlandi.