Markaziy bank “Özbekiston Respublikasi tölov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va taşqi qarzi” böyiça qisqaça şarh va statistik jadvallarni e’lon qildi.
Qayd etilişiça, 2024 yilning 9 oyida joriy operatsiyalar hisobi taqçilligi ötgan yilning mos davriga nisbatan 17 foizga qisqarib, 3,4 mlrd dollar yoki YaIMga nisbatan 4,3 foizni taşkil qilgan. Bunga savdo balansi manfiy saldosi ösiş sur’atining ötgan yildagiga nisbatan pastroq şakllanişi bilan birga mamlakatga xalqaro pul ötkazmalari hajmining sezilarli darajada köpayişi ta’sir körsatgan.
Jumladan, yanvar-sentabr oylari davomida xalqaro bozorlarda xomaşyo narxlarining özgarişi hamda norezidentlarga körsatilgan xizmatlar hajmining köpayişi natijasida, eksport hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga ösib, 19,1 mlrd dollarni taşkil qilgan. Mazkur davrda import hajmi ötgan yillarga nisbatan pastroq sur’atlarda ösib (5,5 foiz), 31,4 mlrd dollarga yetgan.
Natijada, joriy yilning 9 oyida savdo balansining manfiy saldosi ötgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga köpayib, 12,4 mlrd dollarni taşkil qilgan. Öz navbatida, birlamçi va ikkilamçi daromadlar balansi musbat saldo bilan şakllanib, mos ravişda 973 mln dollar va 8 mlrd dollarni taşkil etgan holda savdo balansi taqçilligini qisman qoplagan.
Hisobot davrida xalqaro zaxira aktivlarining xorijiy valutadagi qismi 678 mln dollarga qisqarişi kuzatildi. Biroq oltin narxining yuqori sur’atlarda ösişi natijasida xalqaro zaxiralar qoldiği joriy yil boşiga nisbatan qariyb 6,6 mlrd dollarga köpayib, 2024 yil 1 oktyabr holatiga 41,1 mlrd dollarni taşkil qilgan.
2024 yilning 9 oyi yakuniga köra, tölov balansida aks etgan amaliyotlar va nooperatsiyaviy özgarişlar ta’sirida Özbekistonning sof xalqaro investitsiyaviy mavqeyi joriy yil boşiga nisbatan 29 foizga mustahkamlanib, 2024 yil 1 oktyabr holatiga 16,3 mlrd dollarga yetgan.
Bunda rezidentlarning çet el valutasidagi aktivlari hajmi 10,8 mlrd dollarga (joriy yilning boşiga nisbatan ösiş 13 foiz) oşgan bölsa, taşqi majburiyatlari hajmi 7,1 mlrd dollarga (ösiş 10 foiz) köpaygan.
Hisobot davri yakuniga köra, umumiy taşqi qarz hajmi 60,2 mlrd dollarni taşkil qilib, şundan davlat taşqi qarzi hajmi qariyb 32,5 mlrd dollar hamda korporativ taşqi qarz hajmi 27,7 mlrd dollarga teng bölgan.

















