Qozoğistonda halokatga uçragan Ozarboyjon havo yöllariga qaraşli Embraer 190 yölovçi samolyoti yerdan urib tuşirilgan bölişi mumkin, deb da’vo qilmoqda rossiyaparast Z-kanallar. Samolyot fyuzelajining dum qismidan olingan videolavhalarda turli teşiklar borligi körinadi. Rossiyaparast harbiy blogerlar bular zenit-raketa öqlari yoki parçalarining şikastlovçi elementlari izlari, deb taxmin qilmoqda. The Insider uşbu tafsilotlarni umumlaştirdi.

Naşrning yozişiça, samolyot yerdan zenit raketasi bilan urib tuşirilgan bölişi mumkinligi haqidagi versiyani Fighterbomber, «Belorusskiy silovik», «MIG Rossii» va «Voyevoda veşçayet» kanallari istisno qilmayapti.

Samolyot Ozarboyjon poytaxti Bokudan Rossiyaning Grozniy şahriga uçgan edi, biroq avariya signalini berib, Qozoğiston hududiga favqulodda qönişni söradi va u yerda halokatga uçradi.

Rasmiy versiyaga köra, samolyot Grozniyga tuman tufayli qönolmagan. Biroq ekipaj mintaqaga dronlar hujumi uyuştirilgani va aeroportga qöniş taqiqlangani uçun yönalişni özgartirgan bölişi mumkin.

«Rybar» kanali samolyot qulagan joydan olingan videoni şarhlar ekan, fyuzelyajdagi teşiklar «zenit raketasining zarba beruvçi elementi izlari»ga öxşaşligini yozdi: «Samolyotning özi Grozniyga yöl olgandi – öşa paytda mintaqada Ukraina dronlari reydi kuzatilayotgan va ular urib tuşirilayotgan edi. Şimoliy Osetiyadagi Vladikavkaz va qöşni Inguşetiya ustida bir neçta dron urib tuşirildi».

Samolyotda tirik qolgan yölovçilardan biri RT telekanali bilan suhbatda portlaş ovozini eşitganini, bu taşqi ta’sir oqibatida bölişi mumkinligini aytdi: «Portlaş böldi – men uni samolyot içida bölgan demasdim. Men ötirgan joyning yonida ğilof köçib tuşdi».

Uşbu versiyaning boşqa tasdiği yöq. Rossiya Federal havo transporti agentligi aviahalokatning rasmiy sababi quşlar galasi bilan töqnaşuv va oqibatda bortdagi kislorod bakining portlaşi deb e’lon qildi. Samolyotda jami 67 kişi bölgan, hozir 29 kişi tirik qolgani ma’lum.