27 dekabr kuni Ozarboyjonning Boku şahridan Rossiyaning Mineralniye Vodi şahriga parvoz qilgan Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasi samolyoti uçiş aeroportiga qaytişga majbur böldi. Aviakompaniya buni Maxaçqal’a osmoni yopilgani bilan izohladi.

Şundan söng, aviakompaniya Rossiyaning ayrim şaharlariga parvozlarni töxtatganligi haqida bayonot berdi.

Aviakompaniya bayonotida aytilişiça, Boku-Grozniy reysini amalga oşirgan Embraer 190 samolyotining «fizik va texnik taşqi ta’sir oqibatida sodir bölgan halokati» tergovining dastlabki natijalariga köra, şuningdek, parvoz uçun yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarni hisobga olgan holda, 28 dekabrdan boşlab Bokudan Rossiyaning Mineralniye Vodi, Soçi, Volgograd, Ufa va Samara şaharlariga parvozlar töxtatiladi.

Keyinçalik Rossiyaning yana uçta şahri Nijniy Novgorod, Vladikavkaz va Saratovga ham parvozlar töxtatildi. 25 dekabr kuni AZAL aviakompaniyasi Bokudan Rossiyaning Grozniy va Maxaçqal’a şaharlariga parvozlarni töxtatişga qaror qilgan edi.

Şu tariqa, töxtatilgan yönalişlar soni 10 tani taşkil etmoqda. Aviakompaniya saytida keltirilişiça, bunga qadar Bokudan Rossiyaning 16 şahriga reyslar amalga oşirib kelingan.

Şu bilan birga, Qozoğistonning Qazaq Air aviakompaniyasi Ostona - Yekaterinburg yönalişidagi parvozlar «xavfsizlik nuqtayi nazaridan» 27 yanvargaça töxtatilganini ma’lum qildi.

26 dekabr kuni Isroilning El Al aviakompaniyasi Tel-Aviv – Moskva yönalişidagi parvozlar bir hafta muddatga töxtatilgani, şundan söng, vaziyat qayta baholanişi haqida xabar berdi.

25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uçgan Azerbaijan Airlines samolyoti Oqtov yaqinida halokatga uçradi. Samolyot bortida 67 kişi, jumladan beş nafar ekipaj a’zosi bölgan. Halokatda 38 kişi nobud böldi.

Euronews va Reuters agentliklarining Ozarboyjon hukumatidagi manbalarga tayangan holda xabar berişiça, halokatga Rossiya raketasi sabab bölgan. Rossiya rasmiylari tergov yakunlanmagani sababini körsatib, bu ma’lumotni tasdiqlamadi.