Rossiya tomoni Azerbaijan Airlines (AZAL) fuqarolik samolyotini havo hujumidan mudofaa raketasi bilan urib tuşirgani uçun uzr söraşi kerak, dedi Ozarboyjon parlamenti deputati Rasim Musabekov 26 dekabr, payşanba kuni keçqurun mahalliy Turan naşriga bergan intervyusida. «Samolyot Rossiya hududida, Grozniy osmonida urib tuşirilgan va buni inkor etib bölmaydi», — deyiladi Musabekov bayonotida. Deputat — Ozarboyjon Majlisining Xalqaro munosabatlar va parlamentlararo aloqalar qömitasi a’zosi.
Musabekovning sözlariga köra, Rossiyada «vaziyatga adekvat munosabatda böliş va uzr söraş» örniga, «ba’zi odamlar öz izlarini yaşiriş uçun ommaviy axborot vositalarida muayyan harakatlar qilyapti». «Buni sodir etganlar jinoiy javobgarlikka tortilişi kerak, odamlarning ölimi va qurbonlar uçun tovon puli tölanişi kerak, agar bu sodir bölmasa, munosabatlar, albatta, boşqa darajaga ötadi», dedi parlamentariy.
Deputat, şuningdek, Ozarboyjon tomoni «2020 yilning 44 kunlik uruşi» paytida Rossiya harbiy vertolyoti halokati uçun uzr söragani va tovon tölagani, unga köra aybdorlar jazolanganini eslatdi. «Agar havo mudofaasi işlagan bölsa, unda heç kim uçib kelmasligi uçun aeroport yopilişi kerak edi», — dedi Musabekov.
Braziliya Oqtov yaqinidagi halokat yuzasidan tergovga qöşildi
Braziliya Ozarboyjonning Embraer 190 samolyoti halokatini tergov qilişda iştirok etiş uçun Qozoğistonga öz harbiy-havo kuçlaridan (HHK) uç nafar tergovçini jönatdi, deb xabar berdi Braziliya harbiy-havo kuçlari vakillari 26 dekabr kuni keçqurun Reuters agentligiga.
Reuters xabariga köra, braziliyalik tergovçilar Qozoğiston rasmiylari tomonidan sohada «13-ilova» yuridik nomi bilan maşhur bölgan xalqaro qoidalar asosida olib borilayotgan tergovga «texnik yordam körsatadi».
Bir kun oldin Qozoğistonning Lada agentligi xabar berganidek, Ozarboyjon vakillari, jumladan, Fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi va Azerbaijan Airlines (AZAL) delegatlari Oqtov yaqinidagi samolyot halokatini tekşiriş uçun yetib kelişdi. Xabarda aytilişiça, samolyot işlab çiqaruvçi Embraer va Braziliyaning CENIPA aviahalokatlarini tekşiriş va oldini oliş markazi mutaxassislari ham tergovga qöşilgan.


















