Braziliya Ozarboyjonning Embraer 190 samolyoti halokatini tergov qilişda iştirok etiş uçun Qozoğistonga öz harbiy-havo kuçlaridan (HHK) uç nafar tergovçini jönatdi, deb xabar berdi Braziliya harbiy-havo kuçlari vakillari 26 dekabr, payşanba kuni keçqurun Reuters agentligiga.

Reuters xabariga köra, braziliyalik tergovçilar Qozoğiston rasmiylari tomonidan sohada «13-ilova» yuridik nomi bilan maşhur bölgan xalqaro qoidalar asosida olib borilayotgan tergovga «texnik yordam körsatadi».

Bir kun oldin Qozoğistonning Lada agentligi xabar berganidek, Ozarboyjon vakillari, jumladan, Fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi va Azerbaijan Airlines (AZAL) delegatlari Oqtov yaqinidagi samolyot halokatini tekşiriş uçun yetib kelişdi. Xabarda aytilişiça, samolyot işlab çiqaruvçi Embraer va Braziliyaning CENIPA aviahalokatlarini tekşiriş va oldini oliş markazi mutaxassislari ham tergovga qöşilgan.

OAV: AZAL samolyoti Rossiya raketasi bilan urib tuşirildi

Bokudan Grozniyga J28243 reysini amalga oşirayotgan Ozarboyjonning AZAL aviakompaniyasi Embraer 190 samolyoti 25 dekabr kuni ertalab daştga qulab tuşdi. Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinidagi aviahalokatga Rossiyaning «yer-havo» sinfidagi raketasi sabab bölgan, deb xabar bermoqda Euronews va Reuters naşrlari Ozarboyjon hukumatidagi manbalarga tayanib. Ularning sözlariga köra, raketa samolyotga Grozniy uzra uçuvçisiz uçoqlar parvozi kuzatilgan vaqtda uçirilgan va uning bölaklari yölovçilar va ekipaj a’zolariga tegib, parvoz örtasida layner yonida portlab ketgan.

Halokatga uçragan samolyotning burun qismi butunlay yonib ketgan, orqa qismi esa qulagan va zarar körmagan. Samolyot bortida 67 kişi, jumladan beş nafar ekipaj a’zosi bölgan. Fojia oqibatida 38 kişi halok bölgan. Sönggi ma’lumotlarga köra, 27 yölovçi va ikki ekipaj a’zosi, jumladan styuardessalardan biri tirik qolgan.

Qozoğiston rasmiylari hozirça öz mamlakati hududidagi samolyot halokati haqidagi versiyalarni baholaşdan özini tiyib kelmoqda. «Biz bugungi kunda heç qanday versiyani tasdiqlay olmaymiz yoki rad eta olmaymiz», dedi 26 dekabr kuni Qozoğiston boş vaziri örinbosari, aviahalokat sabablarini örganiş böyiça hukumat komissiyasini boşqarayotgan Kanat Bozumbayev. Uning sözlariga köra, Qozoğistonda sodir bölgan voqeaning rasmiy versiyasi yöq, Rossiya va Ozarboyjon rasmiylari ham öz versiyalarini taqdim etmagan.