25 dekabr kuni Azerbaijan Airlines aviakompaniyasi samolyotining Qozoğistondagi halokatiga Rossiyaning «yer-havo» sinfidagi raketasi sabab bölgan. Bu haqda Ozarboyjon hukumatidagi manbalarga tayanib Euronews yozdi.
Naşr suhbatdoşlariga köra, Ozarboyjonning Boku şahridan Rossiyaning Grozniy şahriga uçgan samolyot manzilga yaqinlaşganida unga raketa otilgan. Bu vaqtda Grozniyda «dronlarning havodagi faolligi» kuzatilgan. Raketa samolyot yaqinida portlab, fyuzelajga zarar yetkazgan.
Euronews manbalariga köra, şikastlangan samolyot ekipaji favqulodda qönişni söragan, biroq Rossiyaning birorta aeroportiga qönişga ruxsat berilmagan. Şundan söng ularga Kaspiy dengizi orqali Qozoğistonning Oqtov aeroportiga uçiş buyurilgan. Mavjud ma’lumotlarga köra, samolyotning GPS-navigatsiya tizimlari dengiz ustidagi parvoz davomida tösilgan.
25 dekabr kuni ertalab Bokudan Grozniyga uçgan Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Embraer 190 samolyoti Oqtov yaqinida halokatga uçradi. Samolyot bortida 67 kişi, jumladan beş nafar ekipaj a’zosi bölgan. Samolyot halokatida 38 kişi halok böldi. Dastlab, samolyot halokatiga quşlar galasi bilan töqnaşuv yoki bortdagi kislorod bakining portlaşi sabab bölişi mumkinligi haqidagi versiyalar ilgari surildi.
Oqtovdagi aviahalokatdan söng, samolyotning dum qismi fyuzelajida öqqa tutilganiga işora qiluvçi köplab teşiklar borligi haqidagi video tarqaldi.
25 dekabr kuni samolyot Grozniyga yaqinlaşayotganida Rossiya Havo hujumidan mudofaa kuçlari Ukraina dronlari hujumini qaytarişga harakat qilayotgan edi.
Rossiya rasmiylari samolyot halokati sabablariga izoh bermadi.
«Tergov xulosasidan oldin har qanday gipoteza quriş notöğri. Biz, albatta, buni qilmaymiz va heç kim buni qilmasligi kerak. Biz tergov tugagunça kutişimiz kerak», dedi Kreml vakili Dmitriy Peskov.
Qozoğiston Senati raisi Maulen Aşimbayev Ozarboyjon samolyoti öqqa tutilgan bölişi mumkinligi haqidagi versiyalarni ilgari surişni notöğri deb atadi.
«Bunday taxminlarni tarqatiş notöğri va axloqsizlikdir… Komissiya, mutaxassislar işlayapti, ekspertlar hammasini kuzatmoqda, ular öz xulosalarini çiqaradi», dedi Aşimbayev.

















