Özbekistonda dori vositalarining çeklangan eng yuqori narxlari örnatilgan. Ammo, Kun.uz olib borgan örganişlarda ayrim preparatlarning narxi Toşkent şahridagi dorixonalarda referent narxlardan sezilarli balandligi ma’lum böldi.
SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi muntazam ravişda mahalliy va xorijiy dori vositlarining çeklangan narxlari töğrisidagi ma’lumotlarni yangilab boradi. Narxlar markazning Telegram'dagi rasmiy kanaliga joylanadi. Bundan köproq çakana savdo bilan şuğullanadigan dorixonalarning özi xabardor bölib turadi, aholining aksariyat qismi esa bunday röyxat borligini ham bilmasa kerak.
Şuning uçun ham dori vositalarini qimmat sotiş holatlari uçrab turadi. Masalan, Bolgariyadan import qilinadigan “Almagel” dori vositasini olaylik. Bu röyxatda uning narxi 34 363 söm körsatilgan. Ammo, uşbu dori bitta dorixona misolida qaralsa, narxi 75 ming söm.
Özbekistonda işlab çiqariladigan “Mikan” preparatining çeklangan bahosi – 24 840 söm, lekin poytaxtda joylaşgan bir neçta dorixonalarda 35 mingdan kam emas.
Dorilarni izlaş, ularning narxi bilan tanişişda köpçilikka “Arzon apteka”, “Oson apteka” kabi servislar (veb-sayt, mobil ilova va Telegram-bot şaklida) qöl kelmoqda. Biz uşbu materialda misol sifatida keltirib ötayotgan dorilarning Toşkent dorixonalaridagi narxlari haqida uşbu ilovalar orqali ma’lumot oldik, şuningdek, dorixonalarga qönğiroq qilgan holda, bu ma’lumotlar töğriligiga işonç hosil qildik. Masalan, haqiqatdan ham, “Mikan” dori vositasi 37 900 sömdan sotilayotgan ekan.
Yuqoridagi oddiy usul bilan, yana köplab dori vositalarining çeklangan narxi va amaldagi narxini aniqlaş va taqqoslaş mumkin.
Yana ayrim misollarni keltirsak. “Bromgeksin Berlin Xemi” tabletkasining asl narxi 17 560 sömgaça, lekin xuddi şu tabletka bir dorixonada 24 ming söm. Bundan taşqari, Portugaliyada işlab çiqariladigan “Nazivin” preparati uçun 30 ming sömgaça narx belgilanişiga qaramay, u salkam 45 mingdan sotilyapti. Şuningdek, “Avamis” preparatning çegarlangan narxi 139 ming söm, biroq bir neçta dorixonalarda mazkur dori 215 mingdan 235 minggaça sotuvga qöyilgan.
Bolgariyaning “Tabeks” tabletkasining Özbekistondagi narxi 256 803 sömdan oşmasligi kerak, ammo Toşkent şahrining bir neçta dorixonalarida uning bahosi 401 ming söm. Gruziyadan import qilinadigan “Supralgon” dori vositasining belgilangan narxi salkam 24 ming sömni taşkil etadi, ammo u 32 500 sömgaça yetadi. E’tiborli tomoni, Turkiyaning “Multi-tabs bebi” preparati Özbekistonda 60 minggaça narxda sotilişi kerak, biroq ikki dorixonada uning narxi 248 va 350 ming sömdan.

















