Reuters agentligining Ozarboyjondagi tergov jarayonidan xabardor bölgan tört manbasi Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Qozoğiston hududiga qulagan samolyoti Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi zarbasiga duçor bölganini tasdiqladi.

Agentlik suhbatdoşlaridan biri dastlabki ma’lumotlar samolyot Rossiyaning «Pansir-S» zenit raketa-töp kompleksi (ZRPK) orqali urib tuşirilgani, Grozniy atrofida radioelektron kuraş tizimlari işga tuşirilgani tufayli laynerda aloqa «falaj holatga» kelganini körsatmoqda.

«Heç kim buni ataylab qilingan deya olmaydi. Ammo, aniqlangan faktlarni hisobga olgan holda, Boku Rossiya tomoni Ozarboyjon samolyotini urib tuşirganini tan olişini kutmoqda», — degan u.

Avvalroq  Azerbaijan Airlines samolyoti halokatiga Rossiya raketasi sabab bölgani haqida Euronews telekanali ham Ozarboyjon hukumatidagi manbalariga asoslangan holda xabar bergandi. Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, Grozniy ustida «dronlar faolligi kuzatilayotgan» vaqtda Bokudan uşbu şaharga 8432-reysni amalga oşirgan samolyot tomon raketa uçirilgan. Raketa samolyot yaqinida portlab, uning qoplamasiga zarar yetkazgan.

Şundan keyin samolyotga Rossiya aeroportlaridan biriga avariyaviy qönişni amalga oşirişga ruxsat berilmagan va u Kaspiy dengizi orqali Oqtov yönalişida uçişga yönaltirilgan.

Ozarboyjondagi Caliber.Az naşri ham «hukumatdagi işonçli manbar»ga köra, Grozniyga uçib borgan samolyot Rossiyaning «Pansir-S» havo hujumidan mudofaa tizimi orqali öqqa tutilgani haqida xabar bergandi.

  • Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uçgan samolyoti 25 dekabr tongida Oqtov yaqinida qulab tuşdi. Bortda 62 yölovçi hamda ekipajning beş nafar a’zosi bölgan. Aviahalokat 38 kişi umriga zomin bölgan, 29 kişi omon qolgan.
  • Samolyot Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali urib tuşirilgan bölişi mumkinligi haqidagi versiya layner parçalari aks etgan videolar paydo bölişi bilan bildirilgandi. Videolarda samolyot fyuzelajida zenit raketaning şikastlovçi elementlariga xos izlar qolgan.
  • Kremldagilar Qozoğistondagi aviahalokat sabablari böyiça «gipoteza quriş»dan boş tortgan. Qozoğiston rasmiylari aviahalokat sabablari yuzasidan rasmiy versiyaga ega emasligi va tekşiruvlar davom etayotganida samolyot halokati böyiça qandaydir versiyani na tasdiqlay va na rad eta olişini bildirgan.