Rossiya rasmiylari aviahalokat versiyalaridan biri sifatida «quşlar bilan töqnaşuv»ni keltirgan, ammo internetda voqea joyidan olingan kadrlar tarqaldi, ularda samolyotning taşqi qoplamasida teşiklar borligi körinadi, nazariy jihatdan bular raketa zarbasi izlari bölişi mumkin.

Samolyot bortida 67 kişi bölgan. Qozoğiston hukumati ulardan 38 nafari ölimini tasdiqlagan.

BBC rus xizmati muxbiri Pavel Aksenov hodisa böyiça asosiy versiyalar va halokat şaroitlarini tahlil qildi.

Samolyot qoldiqlarida zarba beruvçi elementga xos izlar qolgan. Foto: ​Anadolu agency/Getty Images

Halokat qanday sodir bölgan?

Flightradar24 onlayn-servisidagi parvoz yozuvlariga köra, Embraer E190AR samolyoti Bokudan Grozniyga J28243-reysni amalga oşirgan, muvofiqlaştirilgan universal vaqt (UTC) böyiça soat 04:25 da Kaspiysk şahri hududida radarlardan ğoyib bölgan.

Bu bortda aynan şu vaqtda favqulodda holat röy berganini anglatmaydi — uçuvçilar şunçaki transponderni öçirib qöygan bölişi ham mumkin.

Flightradar24 servisida samolyot marşruti

Taxminan bir yarim soat ötib — soat 06:07 da, Kaspiy dengizi ustida yana köriniş bergan — samolyot endi Oqtov aeroporti tomon uçayotgandi, lekin uning parvozi trayektoriyasi juda ğalati edi. U muntazam ravişda balandlik va yönalişni özgartirgan. Ya’ni samolyot boşqaruvga böysunmagandek köringan.

Pilotlar şassini çiqarişgan, ammo samolyotni qöndira olişmagan — parvozning sönggi daqiqalari guvohlar tomonidan tasvirga olingan.

Guvohlarning hikoyalariga köra, bu voqealar oraliğida u Grozniyga qönişga uringandi.

«Quşlar galasi» töğrisidagi versiya

«Rosaviatsiya» matbuot kotibi Artyom Korenyako dastlabki ma’lumotlarga köra, «quşlar bilan töqnaşuvdan keyin, samolyot bortida yuzaga kelgan favqulodda holat tufayli komandir havo kemasini zaxira aerodromga „olib ketiş“ga qaror qilgan — buning uçun Oqtov tanlangani»ni aytgandi.