25 dekabr kuni Embraer E190 samolyoti Bokudan Grozniyga J28243-reysini amalga oşirayotgandi. Omon qolgan yölovçilarning körsatmalariga köra, ikki bor qönişga muvaffaqiyatsiz urinişdan keyingi uçinçi uriniş vaqtida ular portlaşga öxşagan kuçli ovozni eşitişgan.

Şundan keyin samolyotni boşqariş qiyinlaşganiga qaramay, uçuvçilar uni Qozoğistonning Kaspiy dengiz böyidagi Oqtov şahrigaça olib borişgan, samolyot qönişga uriniş vaqtida yerga urilib, qismlarga ajralgan va bir qismi yonib ketgan.

Samolyot bortida 67 kişi bor edi, şundan 38 nafari halok böldi. Qurbonlar orasida — samolyotning ikki uçuvçisi ham bor.

Internetda samolyot Grozniy hududida zenit qurilmasidan otilgan raketa zarbasiga uçragani haqidagi versiya ommalaşmoqda, tarqalgan kadrlarda uning dum qismida raketa zarbasiga xos izlar qolgan

Reuters agentligining Ozarboyjondagi manbalari, jumladan, aviahalokat tergovining dastlabki natijalaridan xabardor bölgan manba bu versiya ehtimoli yuqori ekani va mamlakatdagilar aynan şu versiyaga işonayotganini va Rossiya bu masalada rasmiy bayonot berişini kutişayotganini aytgan.

«Heç kim bu ataylab qilingan deb da’vo qilmaydi. Ammo, aniqlangan faktlarni hisobga olgan holda, Boku Rossiya tomoni Ozarboyjon samolyotini urib tuşirganini tan olişini kutmoqda», — degan agentlik manbasi.

Ammo payşanba kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlardan «tergov xulosasigaça qandaydir farazlar yaratmaslik»ni söradi.

Rossiya naşrlarida hodisaning boşqa versiyalari körib çiqilmoqda — quşlar galasi bilan töqnaşuv yoki bortdagi nosozlik.

BBC rus xizmati aviahalokat haqidagi hozirça javobi yöq bölgan savollarni töpladi.

Avialayner yerdan öqqa tutilganmi?

Bu aviahalokat böyiça asosiy masala. Samolyot qulaganidan keyin butun qolgan dum qismida aniqlangan şikastlanişlar tabiati ham u öqqa tutilgani haqidagi versiyani qöllab-quvvatlaydi.

Samolyot qoplamasida zenit raketaning şikastlovçi elementlari tegişi natijasida hosil böladigan teşiklar yaqqol körinib turibdi.