Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarboyjon televideniyesiga Azerbaijan Airlines samolyotining halokati böyiça intervyu berdi. Davlat rahbarining sözlari Boku aeroportida, Embraer 190 samolyoti fonida yozib olindi, aynan şu turdagi samolyot halokatga uçragan edi.
Ilhom Aliyev sözlariga köra, halokat sabablarining dastlabki versiyalari samolyotga Rossiya hududida «taşqi ta’sir bölganini» körsatmoqda.
«Albatta, yakuniy versiya «qora qutilar» oçilgandan söng ma’lum böladi. Ammo dastlabki versiyalar ham yetarli dalillar va faktlarga asoslangan. Faktlar şundan iboratki, Ozarboyjon fuqarolik samolyoti Rossiya hududida, Grozniy şahri yaqinida taşqaridan şikastlangan va deyarli boşqaruvni yöqotgan», dedi Aliyev.
Uning sözlariga köra, samolyot «radioelektron kuraş vositalari bilan boşqarib bölmaydigan holatga keltirildi», bu esa «avialaynerga yetkazilgan birinçi zarar» edi. Keyin yerdan öt oçilişi oqibatida samolyotning dum qismi jiddiy şikastlandi. Samolyotning quşlar galasi bilan töqnaşuvi haqidagi versiya esa, fyuzelyaj ilma-teşik bölgani sababli kun tartibidan butunlay olib taşlandi, deb qöşimça qildi Aliyev.
«Ehtimol, zarba paytida uçuvçi buni samolyot bilan quşlar galasining töqnaşuvi sifatida qabul qilgan bölişi mumkin. Çunki döstona mamlakatda samolyotimizga yerdan öq uzilişini heç kim öylamagan bölsa kerak. Afsuski, Rossiyadagi ba’zi doiralar uşbu versiyani qöllab-quvvatlaşni afzal kördi. Bizni xafa qilgan va hayratga solgan narsalardan biri Rossiya rasmiy tuzilmalari qandaydir gaz ballonining portlaşi haqidagi versiyalar ham ilgari surgani böldi. Ya’ni, bu Rossiya tomoni masalani «bosti-bosti» qilmoqçi bölganini oçiq körsatdi va bu, albatta, heç kimga şaraf keltirmaydi», dedi prezident.
Uning ta’kidlaşiça, «samolyot ataylab urib tuşirilmagani aniq», lekin Rossiya tomoni voqeadagi aybini zudlik bilan tan olib, Ozarboyjondan keçirim söraşi kerak edi. «Afsuski, dastlabki uç kun davomida biz Rossiyadan uydirma versiyalardan boşqa heç narsa eşitmadik», deb xulosa qildi Aliyev.
Ilhom Aliyevning ta’kidlaşiça, Rossiya bu hodisani Davlatlararo aviatsiya qömitasi tomonidan tergov qilinişini taklif etgan. Ammo Ozarboyjon buni rad qilgan.
«Rossiya tomoni bizga bu masalani Davlatlararo aviatsiya qömitasi tomonidan örganilişini rasman taklif qildi. Biz buni qat’iyan rad etdik. Sababi aniq. Çunki bu idora asosan Rossiya amaldorlaridan iborat bölib, qömitaga Rossiya fuqarolari rahbarlik qilişi heç kimga sir emas. Bu yerda obektivlik omillari töliq qondirilmasligi mumkin. Agar biz Rossiyaning avariyadan söng darhol adolatli va adekvat qadamlarini körganimizda, balki e’tiroz bildirmagan bölardik. Lekin biz bu masalani yaşirişga yaqqol urinişlar borligini kördik. Şuning uçun biz Qozoğiston tomoni bilan yaqin aloqada bu pozitsiyamizni bildirdik, şuningdek, Rossiya tomoniga xalqaro ekspertlardan iborat işçi guruh tuzilişi kerakligini ma’lum qildik», dedi Aliyev.


















