Falcon 9 taşuvçi raketasi 31 dekabr kuni Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmoği uçun yana 21 ta sun’iy yöldoşni orbitaga muvaffaqiyatli olib çiqdi, deb xabar beradi SpaceX kompaniyasi.
Raketalar Floridadagi Kanaveral burnida joylaşgan Kennedi nomidagi Kosmik markazning 39A start maydonçasidan uçirilgan. Taxminan bir soatdan keyin taşuvi raketaning ikkinçi poğonasidan ajralgan sun’iy yöldoşlar orbitaga çiqqan.
Sun’iy yöldoşlarni uçiriş doirasida taşuvçi raketaning 16-marotaba foydalanilgan köp martalik poğonasi Atlantikadagi Just Read the Instructions dengiz platformasiga vertikal qönişni amalga oşirgan.
2019 yil maydan beri SpaceX kompaniyasi Starlink loyihasi doirasida 7,6 mingdan ortiq şu kabi sun’iy yöldoşlari orbitaga uçirdi. Ularning bir qismi işdan çiqqan yoki orbitadan oğişgan. Hozirda 6,9 mingdan ziyod apparat orbitada soz holatda faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq SpaceX kompaniyasi 2024 yilda 134 ta raketa uçirgani— bu yangi jahon rekordi ekani töğrisida xabar berilgandi. Yil oxirigaça yana uçta missiya rejalaştirilgani, şu bois ularning soni 137 taga yetişi mumkinligi aytilgan edi. Biroq kompaniya ötgan yilgi yutuğidan allaqaçon özib ketgan – 98 ta parvoz.

















