Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik shaxslarga elektr uchun to‘lovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshirish imkoni yaratiladi
Davlat rahbarining farmoni bilan belgilangan yo‘l xaritasida yuridik shaxslarga elektr energiyasi uchun to‘lovlarni korporativ kartadan mobil ilovalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish tizimini joriy etish belgilangan.
Bu bo‘yicha Markaziy bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi, «Hududiy elektr tarmoqlari» hamda «Hududgazta’minot»ga normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, 2025 yilning fevraliga qadar kiritish vazifasi qo‘yildi.
O‘zbekistonda korporativ iste’molchilar to‘lovlarini yagona shaxsiy varaqda yuritish tizimini joriy etish rejalashtirilgan. «Hududgazta’minot» yanvar oyida ichki buyruq chiqarishi va hududiy filiallarida amalda qo‘llanishini ta’minlashi kerak.
Bundan tashqari, tabiiy gaz iste’molini onlayn nazorat qilish maqsadida «Hududgazta’minot» davlat kompaniyasining Hududgaz Corporate dasturini Soliq qo‘mitasining my.soliq.uz dasturi bilan integratsiya qilishni yakunlash topshirildi.
Bunda elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) ulgurji iste’molchilarga hisobot oyi davomida xatoliklarsiz to‘liq jo‘natilishi kerak.
Energetika vazirligi va «Hududgazta’minot»ga 2025 yilning martigacha tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Mavzuga oid
10:10 / 12.06.2026
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
10:32 / 03.06.2026