Aliyev samolyot yerdan öqqa tutilişi oqibatida şikastlangani va radioelektron kuraş vositalari orqali boşqarib bölmaydigan holatga keltirilganini aytib, yana bir marta aviahalokat uçun aybni Rossiya vakillari zimmasiga yuklagan.
Ozarboyjon rahbari ekipajning omon qolgan vakillari va halok bölgan a’zolarining oilalari bilan uçraşuvda aviahalokatni tekşiriş işlari borişini şarhlagan. Aviahalokatda bortdagi 67 kişidan 38 nafari halok bölgandi. Qurbonlar orasida — samolyotning ikki uçuvçisi ham bor.
Bokudan Grozniyga reysni amalga oşirgan Embraer E190 avvaliga ikki bor Çeçeniston poytaxtiga qönişga uringan, uçinçi uriniş çoğida yölovçilar portlaşni eslatuvçi kuçli ovozni eşitişgan. Şundan keyin boşqaruvi qiyinlaşgan samolyot Qozoğistonning Kaspiy dengizi sohilidagi Oqtov şahriga yetib borib, favqulodda qönişga uringanida yerga urilgan va qismlarga bölinib, yonib ketgan.
Öşa vaqtda Rossiya havo hujumidan mudofaa vositalari ukrainlarning dronlari hujumlarini qaytarayotgandi va Grozniyda barça havo kemalari zudlik bilan boşqa joyga ketişini közda tutuvçi «Kovyor» rejasi e’lon qilingandi.
«25 dekabr kuni Boku-Grozniy yönalişida parvoz qilayotgan AZAL yölovçi samolyoti Grozniy şahri yaqinida «taşqi ta’sirlar» oqibatida boşqaruvni yöqotib, şikastlangan va amalda boşqarib bölmaydigan holga kelgan. Aynan uçuvçilarning professionalligi, qahramonligi va fidoyiligi tufayli samolyot Oqtov şahriga favqulodda qönişga muvaffaq böldi. Ozarboyjon davlati uçuvçilar va barça ekipaj a’zolarining harakatlarini yuqori baholadi va taqdirladi... Agar uçuvçilarning professionalligi va qahramonligi bölmaganida, bu ofatdan omon qolganlar bölmas edi», — degan Ilhom Aliyev.

Ozarboyjon rahbari sözlariga köra, hozir aviahalokat sabablarini aniqlaş böyiça Davlat komissiyasi tuzilib, faoliyat yuritmoqda. Ayni vaqtda Ozarboyjon prokuraturasi jinoiy iş qözğatgan.
«Prokuraturaning işçi guruhi Grozniy va Oqtov şaharlariga jönatilib, tezkor işlar olib borildi. Tabiiyki, tergov yakunlangaç, biz Ozarboyjon xalqiga töliq ma’lumot beramiz.
Biroq, bir jihatga yana bir bor e’tiboringizni qaratmoqçiman: Grozniy şahrida «Kovyor» operatsiyasi, ya’ni havo hududini yopiş operatsiyasi samolyot yerdan öqqa tutilganidan keyin e’lon qilingan. Bu yana bir bor bu yerda jinoyat tarkibi borligini anglatuvçi juda jiddiy masalalarni körsatadi. Odatda, mamlakat havo hududida xavf tuğilganda, u darhol yopiladi. Bu barça mamlakatlarda amal qiladi va turli nomlarga ega. Rossiyada bu operatsiya «Kovyor» deb ataladi. Agar Rossiya havo hududiga tahdid mavjud bölsa, samolyot kapitaniga darhol xabar berilişi kerak edi. Havo hududi zudlik bilan yopilişi va samolyot orqaga qaytişi kerak edi.


















