Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Embreaer 190 halokati qurbonlarining oila a’zolari bilan uçraşdi. Uçraşuv davomida Aliyev navbatdagi marta hodisada Rossiyani ayblab, Moskvadan insoniylikka xos munosabat talab qildi.
Ozarboyjon prezidentining sözlariga köra, Grozniy osmonini yopiş böyiça operatsiya samolyot yerdan turib öqqa tutilganidan keyin e’lon qilingan.
«Tabiiyki samolyotga yerdan turib öq uzilgan. Kunday ravşan, uçoq radioelektron vositalar bilan boşqarib bölmaydigan holatga keltirilgan. Lekin uçoq nega Oqtovga yuborilgan? Hozirça bu savolga javobimiz yöq», degan Aliyev.
Ozarboyjon liderining aytişiça, uçuvçilar bu oxirgi parvozi ekanini tuşungan, lekin şunday bölsa-da, imkon qadar köproq odamlarning hayotini saqlab qoliş uçun harakat qilgan.
Rus tilidagi nutq
Uçraşuv ozar tilida ötkazilgan, lekin orada Aliyev rus tilida ham gapirgan. Tabiiyki, Ozarboyjon liderining bu gaplari Rossiya manziliga qaratilgan. Aliyevning sözlariga köra, Ozarboyjon qora quti MDH qoşidagi ofisi Moskvada joylaşgan Davlatlararo aviatsiya qömitasi tomonidan oçilişiga keskin qarşi bölgan. Şu bois qora qutini oçib, uni örganiş bilan Embrayer 190 işlab çiqaruvçisi Braziliya şuğullanmoqda.
«Agar halokatning dastlabki soatlaridayoq Rossiyaning holatni obektiv örganişga intilişini körganimizda, balki «qora quti» davlatlararo aviatsiya qömitasi tomonidan örganilişiga rozi bölardik. Bu tizim doirasida ön yillar hamkorlik qilganmiz. Tizim sobiq SSSR davlatlari hududida aviahalokatlarni örganiş bilan şuğullangan axir.
Lekin Rossiya tomoni işni yopti-yopti qilişga, barça aybni quşlarga yoki gazballon portlaşiga ağdarişga intilayotganini körib, bu tizim holatni obektiv örganişiga menda va Ozarboyjon jamiyatida şubha paydo böldi.
Hozir qora qutini örganiş işlari davom etmoqda. Umid qilaman, örganiş natijalarini bilganimizdan keyin hammasi öz örniga tuşib, bölib ötgan halokatning töliq kartinasi şakllanadi», dedi Aliyev rus tilidagi nutqida. Ozarboyjon prezidenti navbatdagi marta aybdorlar jazolanişi muhim ekanini ta’kidladi.
Aliyev Rossiya halokat haqida absurd versiyalarni ilgari surayotganidan qattiq ranjigani, haqli tarzda ğazablanganini aytdi. «Ozarboyjon fuqarolari bu halokatda qurbon bölgani uçun ayb Rossiya vakillari gardanida. Biz adolat ta’minlanişi, aybdorlar jazolanişi va insoniy xatti-harakatlarni talab qilamiz», dedi Aliyev.

















