Rossiyaning Ozarboyjon samolyotini urib tuşirişi ikki örtadagi munosabatlar sovuqlaşişiga sabab böladi, lekin Bokuning geosiyosiy kursini özgartirişiga olib kelmaydi. Ozarboyjonni Rossiya bilan qalin iqtisodiy munosabatlar boğlab turadi, qolaversa, Boku qöşilmaslik harakatining bayroqdorlaridan biri. Bu haqda Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida söz bordi.

Siyosiy fanlar nomzodi, professor Anvar Yöldoşevning sözlariga köra, Rossiya – Ozarboyjonning ikkinçi eng yirik savdo hamkori.

“Bunaqa voqealar doim bölib turadi, bu birinçisi emas. Ha, Rossiya buni qilganini tan oldi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ilhom Aliyevdan keçirim söradi. Endi bu Rossiyaning Ozarboyjon bilan munosabatlariga qanday ta’sir qiladi, degan savolga javob berişimiz lozim. Ozarboyjon 10 million aholiga, taxminan 75 mlrd dollarlik yalpi içki mahsulotga ega davlat. Ozarboyjonning Rossiya bilan savdo aylanmasi ötgan yili 5 mlrd atrofida bölgan. Rossiya – Ozarboyjonning Turkiyadan keyingi ikkinçi eng yirik savdo hamkori hisoblanadi.

Bölgan voqea Ozarboyjonning Rossiyaga munosabatini tubdan özgartiriş uçun sabab böla olmaydi. Boku heç qaysi blokka intilmaydi”, – deydi u.

Siyosiy tahlilçi Şuhrat Rasulning qayd etişiça, Ozarboyjon mustaqil bölganidan beri taşqi siyosat yuritiş konsepsiyasida har doim qöşilmaslik siyosatini olib boryapti.

“Ötgan yili qöşilmaslik harakatiga a’zo davlatlarning katta sammiti ham ötkazildi. Ozarboyjonning Rossiyadan talablari bor va ular şu talablarning bajarilişini xohlayapti. Bir qismi bajarildi, lekin Ozarboyjon rasmiylarga köra, bu keçirim tölaqonli keçirim emas. Qolgan ikkita talabni ham Rossiya tomoni paysalga solyapti. Endi asosiy talab bu – ham ölganlar uçun, ham tirik qolganlar uçun kompensatsiya tölab beriş kerak. Xalqaro havo kodeksiga köra ham şunday. Ozarboyjon xalqaro huquq normalari doirasida Rossiya harbiylarini javobgarlikka tortişni talab qilmoqda. Ular xalqaro huquqda nimayiki bölsa, şuni sörayapti, biror ortiqça talablari yöq. Mana şu oxirgi ikkita masala böyiça Rossiya haligaça tayinli bir gap aytmayapti.

Mening şaxsiy fikrim, mana şu oxirgi ikkita talab ham menimça, bajarilsa kerak, çunki bu yerda xalqaro suriştiruvlar davom etmoqda. Samolyot Braziliyaning Embraer kompaniyasiga tegişli, ular tekşiruvni boşlagan. Uçoqning qora qutisi ham kompaniyaga topşirilgan”, – deydi Şuhrat Rasul.

Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovning aytişiça, Ilhom Aliyev hokimiyatga kelişidan oldin, ön yil davomida uning otasi Haydar Aliyev Bokuning geosiyosiy vektorini Ğarbga yönaltirgandi. Ilhom Aliyev esa otasidan farqli tarzda Ozarboyjonni turli ittifoqlardan mustaqil tutmoqçi.