Buxoro viloyati Romitan tumani hokimining innovatsion rivojlaniş masalalari böyiça örinbosari Aziz Boboyev 2024 yil 30 oktyabrda lavozimidan ozod qilingani ma’lum böldi. Bu haqda Romitan tumani hokimi U.Barnoyevning farmoyişi qabul qilingan.

Hujjatda Aziz Boboyev “özi arizasiga binoan” egallab turgan lavozimidan ozod etilişi hamda u bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinişi belgilangan.

Biroq lavozimga tayinlangani jamoatçilikka ovoza qilingan “zamhokim”ning işdan böşatilgani negadir ommadan sir tutilgan. Hatto uni lavozimdan ozod qiliş haqidagi tuman hokimining farmoyişi ham e-qaror.gov.uz platformasida yopiq holda berilgan. Bunga sabab sifatida esa hujjat mazmunida şaxsga doir ma’lumotlar, amaldagi qonunçilikka muvofiq foydalaniş çeklangan axborot mavjudligi keltirilgan.

Boşqa xodimlar vazifasidan ozod etilganda hokimlikning “şaxsga doir ma’lumot borligi” vaji negadir “işlamagan”.

Bir xil mazmundagi ikki farmoyiş: sudlanayotgan tuman hokimi örinbosariniki yopiq, kotibniki esa oçiq holda e’lon qilingan.

Holat yuzasidan Romitan tumani hokimligi munosabat bildirdi. Unda ta’kidlanişiça, Aziz Boboyevga hokim yordamçisi lavozimida işlagan davri uçun jinoyat işi qözğatilgan.

“2024 yil mart oyida Aziz Boboyev Romitan tumani hokimining innovatsion rivojlaniş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Biroq 2024 yil 30 oktyabr kuni Aziz Boboyev öz arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilib, u bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

Hozirgi kunda jinoyat işlari böyiça Romitan tuman sudi tomonidan Aziz Boboyev 2022-2024 yilning mart oyi mobaynida Hazortut mahallasida hokim yordamçisi lavozimida faoliyat olib borgan davri uçun e’lon qilingan ayblov işi böyiça unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi körib çiqilmoqda.