Özbekistonda tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholaş körsatkiçlarini işlab çiqib, samaradorlikka erişgan xodimlarga ustama tölaş rejalaştirilmoqda. Bu – 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida belgilangan.

Bu haqda avvalroq boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov ma’lum qilgandi. U malakali öqituvçilarga yuqori maoş tölaş tizimi yaratilgani, şunday tizim tibbiyotda ham joriy etilişi, lekin hukumatda hali aniq yeçimlar yöqligini aytgandi. “Asosiy masala – kimga va nima uçun yuqori oylik tölaş”, degandi Qöçqorov.

Dekabr oyida davlat rahbari huzuridagi yiğilişda 2025 yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoşi oşirilişi ham ma’lum qilingandi. Bu muhokamaga qöyilgan davlat dasturi loyihasida aks etmagan.

Loyihada tibbiyot sohasi haqida yana nimalar deyilgan?

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini davlat röyxatidan ötkaziş ham közda tutilmoqda. Buni bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça hujjat loyihasi işlab çiqiladi.

Joriy yilda şifokor qabuliga navbatni töliq elektron şaklga ötkaziş, birlamçi böğindagi stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga beriş reja qilingan.

2025 yil 1 noyabrga qadar tibbiy suğurta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini elektron retsept tizimi asosida tayinlaş amaliyoti yölga qöyilişi mumkin.

Viloyat darajasidagi ixtisoslaştirilgan tibbiyot muassasalari boşqaruv, moliya va taşkiliy jihatdan zamonaviy köp tarmoqli klinikalar şaklida qayta taşkil etiladi.